Iso Roziy
Iso ibn Ahmad Roziy (980-yilda vafot etgan) musulmon tarixchi boʻlib, u otasi Ahmad ibn Muhammad ibn Muso Roziy tomonidan yozilgan, Ispaniyadagi islom boshqaruvining birinchi hikoyasi boʻlgan "Axbor muluk al-Andalus” xronikasining davomini yozgan[1].
“Axbor muluk al-Andalus”ning arabcha nusxasi va Isoning unga qoʻshgan ilovasi hozirda mavjud emas. Iso qaydlarining bari boshqa arab tarixlarida keltirilgan iqtiboslardan iborat. Aftidan, uning kitobi 912-yildaAbdurrahmon III ning amir etib saylanishi bilan boshlangan. Asarning boʻlimlari otasinikidan koʻra batafsilroq boʻlib[2], Abdurrahmon va uning vorisi Hakam II saroyining madaniy jihatlarini aks ettiradi. Asar 976-yilda vafot etgan Hakamga bagʻishlangan boʻlishi mumkin. Iso oʻz asarida nasroniy manbalaridan ham foydalangan boʻlishi mumkinligiga doir dalillar mavjud. Bu borada Iso Gotmarning franklar tarixiga oid asari bilan tanishgan boʻlishi mumkin.Ibn Xayyon oʻzining “al-Muqtabis” asarida Hakamning 971-975 yillardagi hukmronligi tarixini Isodan naql qilgan. Ahmad va Iso haqida Ibn Xayyon shunday yozadi: “Ular birgalikda Andalus ahliga ular shu paytgacha sinab koʻrmagan ilmni tarixshunoslikni berdilar” [3].