Ispaniya — Chernogoriya munosabatlari
Ispaniya — Chernogoriya munosabatlari Ispaniya va Chernogoriya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlard hisoblanadi Davlatlar Yevropa Kengashi, Oʻrta yer dengizi ittifoqi va NATO aʼzolarid sanaladi. Chernogoriya ham Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishga nomzod, Ispaniya esa ushbu tashkilot aʼzosi hisoblanadi. Ispaniya geografik joylashuv jihatidan esa Janubiy Yevropa mamlakati sanaladi, Chernagoriya Bolqon yarim oroli davlati boʻlib ikkila davlatlar oʻrtasidagi aloqalar XX asrdan vujudga kela boshlagan
Tarixi
tahrir2006-yil iyun oyida Chernogoriya Serbiyadan mustaqillikka erishdi va 2006-yil 11-dekabrda Ispaniya tashqi ishlar vaziri Migel Anxel Moratinos va uning chernogoriyalik hamkasbi Milan Rosen o‘rtasida nota almashish orqali Ispaniya bilan diplomatik munosabatlar rasman o‘rnatildi. Ispaniya Chernogoriyaning Yevropa Ittifoqi va Yevro-Atlantika xavfsizlik tuzilmalariga qoʻshilish istagini qoʻllab-quvvatlaydi.
Muzokaralar asosida pozitsiyalarning yaqinligi va munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdorlik yotadi, natijada 2011-yil 19-mayda Chernogoriya Tashqi ishlar vaziri Milan Rosenning Madridga tashrifi va Ispaniya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralari munosabati bilan ikki tomonlama siyosiy deklaratsiya imzolandi.
Savdo
tahrirSavdo munosabatlari sobiq Yugoslaviya Federativ Respublikasi bilan imzolangan shartnomalar asosida rivojlanadi. 2013-yilda Chernogoriyaga Ispaniya eksporti 27,6 million yevroni tashkil etdi, bu 2012-yilga nisbatan 8,2%ga koʻp va Chernogoriya importi 860 ming yevrodan sal koʻproqni tashkil etadi.
Diplomatik missiyalar
tahrirChernogoriya Madridda elchixonasiga ega hisoblanadi[1]. Chernogoriyadagi ispan manfaatlari Belgraddagi (Serbiya) elchixonasi orqali taqdim etiladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ministry of Foreign Affairs of Montenegro“. 2019-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
- ↑ [embassies.org „ДИПЛОМАТИЧЕСКАЯ МИССИИ ИСПАНИЯ В ЧЕРНОГОРИЯ“]. 10-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.