Isroil ayollar ligasi (yahudiy tilida: ליגת נשים, talaffuzda Ligat Nashim, yaʼni Ayollar ligasi) — Isroil ayollar futbolining ikkin diviziyadan iborat ligasi. Isroil ayollar ligasi 1998-yildan beri Isroil futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi.

Davlat Isroil bayrogʻi Isroil
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1998
Jamoalar soni 8 ta
Ichki kuboklar Isroil ayollar kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion F.C. Kiryat Gat (3-marta)
Eng koʻp marta chempion ASA Tel Aviv University (8 marta)
Veb-sayt Official
Joriy mavsum: 2021-2022-yilgi mavsum Isroil ayollar ligasi

Formati

tahrir

Isroil ayollar ligasi ikki diviziyaga boʻlingan. Ular: yuqori diviziya Ayollar Premier-ligasi (Ligat Nashim Rishona) 9 jamoadan iborat „Birinchi ayollar ligasi“ va Ayollar Leumit ligasi (Ligat Nashim Shniya) deb nomlangan „Ikkinchi ayollar ligasi“. „Ikkinchi ayollar ligasi“ roʻyxatdan oʻtuvchilar soniga qarab oʻzgaruvchan sonli jamoalarni oʻz ichiga oladi. 2015-yilda Isroil ayollar ligasida uchinchi diviziya yaratildi. Bu diviziya dastlab Mama-Fut ligasi (maʼnosi: onalar uchun futbol ligasi) deb nomlandi[1] va 2016-yilda 3-diviziya nomi Ayollar Artzit ligasiga oʻzgartirildi. Uchinchi diviziya (noprofessional) kichikroq maydonlarda, har biri 15 daqiqadan ikki boʻlimda va cheksiz almashtirishlar bilan oʻtkaziladi. Uchinchi diviziya noprofessional boʻlgani uchun. 3-diviziya gʻolibi ikkinchi diviziyaga chiqmaydi[2][3].

2007-2008 va 2010-2011-yillar oraligʻida Isroil ayollar ligasi 12 jamoadan iborat bir diviziyadan iborat boʻlib, davraviy (uy va safar oʻyinlaridan iborat) turnirda eng koʻp ochkoni qoʻlga kiritgan klub chempionlikni ham qoʻlga kiritdi, agar ikki jamoa ochkolari teng boʻlib qolsa, gʻolibni hal qiluvchi pley-off oʻyini aniqlab beradi. 2010-2011-yillarda Isroil ayollar ligasi 2006-2007-yillarda mavjud boʻlgan ikkinchi diviziyali tizimni qaytadan qabul qildi[4].

2011-yildan boshlab Isroil ayollar ligasida ishtirokchi klublar birinchi navbatda anʼanaviy davra oʻyinlari boʻyicha oʻynashdi, soʻngra toʻrtta eng yaxshi jamoalar oʻrtasidagi chempionat pley-offida oʻzaro ikki marta toʻqnash kelishadi. Yakuniga koʻra, birinchi oʻrinni egallagan jamoa Isroil ayollar ligasida gʻolib chiqardi va UEFA ayollar chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritardi. Past natija koʻrsatgan jamoalar quyi ligaga tushib qolmaslik uchun bir martadan o‘zaro o‘ynashadi, eng quyida joylashgan klub esa ikkinchi ligaga tushib ketadi. Ikkinchi diviziya ikki davrali tizimda oʻtkaziladi, har bir jamoa oʻz raqiblari bilan toʻrt marta oʻynaydi, top klub esa yuqori diviziyaga chiqadi[5].

Isroil ayollar ligasi chempion jamoalari roʻyxati

tahrir

Isroil ayollar ligasi 1998-yil oxirida tashkil etilgan va 1998-yil oktyabr oyidan jamoalar oʻynay boshlagan[6][7][8].

Season Birinchi diviziya Ikkinchi diviziya Uchinchi diviziya
1998-1999 Maccabi Haifa  — -
1999-2000 ASA Tel Aviv University
2000-2001 Hapoel Tel Aviv
2001-2002 Maccabi Haifa
2002-2003 Maccabi Holon
2003-2004 Liga toʻxtatilgan
2004-2005 Maccabi Holon
2005-2006
2006-2007 Ironi Bat Yam
2007-2008 -
2008-2009
2009-2010 ASA Tel Aviv University
2010-2011 Hapoel Beʼer Sheva
2011-2012 F.C. Ramat HaSharon
2012-2013 F.C. Kiryat Gat
2013-2014 Maccabi Tzur Shalom Bialik
2014-2015 Maccabi Beʼer Sheva Bnot Meitav Tel Aviv
2015-2016 F.C. Ramat HaSharon Bnot Netanya F.C.
2016-2017[9] F.C. Kiryat Gat Hapoel Raʼanana Bnot Ironi Modi’in
2017-2018[10] Hapoel Beʼer Sheva Maccabi Bnot Or Avika
2018-209[11] ASA Tel Aviv University Maccabi Bnot Emek Hefer Hapoel Bnot Arabe
2019-2020[12] F.C. Ramat HaSharon Hapoel Beʼer Sheva ASA Tel Aviv University B
2020-2021 F.C. Kiryat Gat Hapoel Marmorek Hapoel Tel Aviv

Isroil ayollar ligasi chempion jamoalari reytingi

tahrir
Reyting Klub Chempionliklar soni
1 ASA Tel Aviv 8
2 Maccabi Holon 6
3 Kiryat Gat 2
4 Maccabi Haifa
5 Ramat HaSharon
6 Hapoel Tel Aviv 1

Manbalar

tahrir
  1. Womenʼs Football Launched the Mama-Foot League[sayt ishlamaydi] IFA, 27 January 2015 (ivritcha)
  2. Liga Artzit Nashim (Wayback Machine saytida 2017-11-26 sanasida arxivlangan) IFA (ivritcha)
  3. Oho Mama: Ironi Modi’in Went Top of the Womenʼs Amateur League (Wayback Machine saytida 2020-02-20 sanasida arxivlangan) Dorit Siton, 14 March 2016, Modiinet (ivritcha)
  4. The FA: The Police Will Return Partially to the Stadiums Dana Bahat, 27 October 2010, One (ivritcha)
  5. Championship Regulations[sayt ishlamaydi] IFA, pp. 74-81 (ivritcha)
  6. Womenʼs Football History Avraham Kochen, Womenʼs Football in Israel (via Internet Archive) (ivritcha)
  7. Iche Menache At the End of Ligat Nashim: Itʼs a Year Weʼd Rather Forget Lior Weitz, 1 June 2014, walla.co.il (ivritcha)
  8. Women: If Thereʼs No League, At Least Thereʼs the Cup Lior Weitz, 17 May 2004, walla.co.il (ivritcha)
  9. „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  10. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  11. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  12. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.

Havolalar

tahrir