Isroil banki (ivritcha: בנק ישראל, arabcha: بنك إسرائيل) Isroilning markaziy bankidir. Bankning bosh ofisi Quddusdagi Kiryat HaMemshala okrugida joylashgan boʻlib, Tel-Avivda filiali faoliyat koʻrsatadi. Hozirgi raisi - Amir Yaron[4].

Isroil banki
בנק ישראל (ibroniycha)
بنك إسرائيل (arabcha)
Bosh qarorgohi Isroil Quddus shahri Kiryat HaMemshala okrugi
Tashkil etilgan yili 24-avgust, 1954-yil(1954-08-24)
Mulkchilik shakli Davlat mulki[1]
Rais Amir Yaron (2018-yildan beri)
Markaziy banki Isroil bayrogʻi Isroil
Valyutasi Shekel
Oltin-valyuta zaxiralari $206 mlrd
(taxminan 664 mlrd) (2022-yil mart)[2]
Foiz stavkasi 4.5% (2023-yil aprel)[3]
Oʻtmishdoshi Bank Leumi
Veb sayti boi.org.il
Quddusdagi Isroil banki qarorgohi.

Isroil bankining asosiy maqsadi narx barqarorligi va Isroilda moliya tizimining barqarorligini taʼminlashdir[5][6]. Shuningdek, regulyator Isroilda pul-kredit siyosatini boshqaradi va amalga oshiradi[7], valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi, bank tizimini nazorat qiladi va tartibga soladi[8], oltin-valyuta zaxiralari[9] va moliya bozori infratuzilmasi faoliyatiga yordam beradi. Isroil banki oʻz Nizomining 41 va 44-moddalariga koʻra, shekel banknotlari va tangalarini chiqarish boʻyicha mutlaq huquqqa ega[10].

Tarixi

tahrir

1948-yilda Isroil davlati tashkil etilganda, banknotlarni chiqarish vakolati 1950-yilda Milliy bank (ivritcha: Bank Leumi) nomi bilan qayta tashkil etilgan Angliya-Falastin bankiga berilgan edi. Pul-kredit siyosati va bank nazorati Moliya vazirligining tasarrufida qoldi.

Isroil banki 1954-yil 24-avgustda, mamlakat parlamenti, Knesset Moliya vazirligining valyuta chiqarish va tartibga solish funksiyalarini yangi tashkil etilgan bankka topshiradigan Isroil banki toʻgʻrisidagi qonunini qabul qilganda tashkil etilgan. Valyuta ayirboshlash ustidan nazorat 1978-yilgacha bankka berilmagan. Bank 1985-yilda toʻliq mustaqil boʻlgan va 1992-yildan beri bank oʻzining pul-kredit siyosatini Isroil hukumati tomonidan belgilangan inflyatsion targetlashga erishish uchun boshqaradi - bu bugungi kunda yillik 1 dan 3 foizgacha boʻlgan diapazon narx barqarorligi deb hisoblanadi. Bundan tashqari, bank mamlakatning valyuta zaxiralarini boshqaradi.

2010-yilda Isroil banki IMDning Jahon raqobatbardoshlik yilnomasiga koʻra samarali ishlash boʻyicha markaziy banklar orasida birinchi oʻrinni egalladi[11].

2010-yil mart oyida Knesset 2010-yil 1-iyundan kuchga kirgan Isroil banki toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririni qabul qildi[12]. Yangi tahrirdagi qonun bankning maqsadlarini belgilab beradi hamda bankning siyosat vositalari va ularni amalga oshirish usullarini belgilashda mustaqillik beradi. Qonun Isroil bankida asosiy qarorlar qabul qilinadigan doirani oʻzgartirdi. Foiz stavkasi va pul-kredit siyosati boʻyicha qarorlar, umuman olganda, Pul-kredit qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi, boshqaruv qarorlari esa Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bu Isroil bankini boshqa moliya institutlarining qaror qabul qilish tartiblariga koʻproq moslashtiradi.

Binosi

tahrir

Quddusdagi hozirgi bosh ofisi Arie Sharon va uning oʻgʻli Eldar Sharonning meʼmorchilik idorasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular 1966-yilda loyiha uchun birinchilikni qoʻlga kiritdilar va 1974-yilgacha dizayni ustida ishladilar[13]. Bino 1981-yilda ochilgan. Dizayn teskari piramidaga oʻxshaydi va Boston shahar hokimiyati binosidan ilhomlangan. Bino 2015-2018 yillar davomida kapital ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi.

Raislari

tahrir
  • Devid Horovitz, 1954-1971 yillar
  • Moshe Sanbar, 1971-1976 yillar
  • Arnon Gafni, 1976–1981 yillar
  • Moshe Mendelbaum, 1982-1986 yillar
  • Maykl Bruno, 1986-1991 yillar
  • Yakob A. Frenkel, 1991–2000 yillar
  • Devid Klein, 2000-2005 yillar
  • Stenli Fisher, 2005–2013 yillar
  • Karnit Flug, 2013–2018 yillar
  • Nadin Bodo-Traytenberg, 2018-yil 14-noyabrdan 24-dekabrgacha rais vazifasini bajaruvchi[14].
  • Amir Yaron, 2018-yildan hozirgacha.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Qoʻshimcha oʻqish uchun

tahrir

Havolalar

tahrir