Issiqxona gazlari – atomosferaning gazsimon tarkibiy qismi boʻlib, u yer shari yuzasi, atmosfera va bulutlar tarqatadigan infra qizil nur spektri doirasida nurlarni oʻziga singdiradi va aniq toʻlqin uzunligida nurlanadi. Yer shari atmosferasida asosiy issiqxona gazlari quydagilar hisoblanadi:suv bugʻi (H2O), uglerod dioksidi (CO2), azot oksidi (N2O), metan (CH4) va ozon (O3). Kiotoprotokolida CO2 N2O CH4 dan tashqari oltingugurt geksaftoridi (SF6), gidroftoruglerodlar (GFU) va perftoruglerodlar (PFU) koʻrib chiqilmoqda.