Istiqlol (futbol klubi, Fargʻona)

Istiqlol“Fargʻona shahrining huddi shunday nomdagi oʻzbek futbol klubi. Oʻzbekiston A Pro-ligasi ishtirokchisi.

„Istiqlol“
Toʻliq nomi „Istiqlol“ futbol klubi
Asos solingan 2016-yil
Stadion „Istiqlol“
Stadion hajmi 20 000
Egasi Oʻzbekiston „Quvasoyta’mirqurilish“
Murabbiyi Oʻzbekiston Lebedev Sergey Elefertovich
Sardori Boburjon Akbarov
Vebsayt istiqlol-fc.uz
Musobaqasi Oʻzbekiston A Pro ligasi
2018-yil 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

Klub 2016-yilda tashkil topgan boʻlib, oʻshanda Fargʻona jamoasi Oʻzbekiston ikkinchi ligasida debyut qilib, oʻz yakuniy guruhida 2-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. 2017-yilgi mavsumda „Istiqlol“ sensatsion tarzda Birinchi ligada gʻolib „Sementchi“dan 12 ochko ortda qolib va 3-oʻrindagi „Andijon“dan 1 ochkoga ortda qolib, 2-oʻrinni egallagan. 2017 va 2018-yilgi Oʻzbekiston kubogida u 1-bosqichda (1/16 final) qolgan edi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro-ligasida 3-oʻrinni egallab, Superligada oʻynash huquqi uchun OKMK bilan pley-off oʻyinida 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.

Chiqishlar statistikasi tahrir

Mavsum Liga Oʻrin Kubok
2016
Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
2 (C guruhi)
ishtirok etmagan
2017
Oʻzbekiston Birinchi ligasi
2
1/16 final
2018
Oʻzbekiston A Pro ligasi
3
1/16 final

Bosh murabbiylar tahrir

Yillar Bosh murabbiy
2016—2017   Nail Gubanov
2017—2018   Usmon Asqaraliyev
2018— h.v.   Sergey Lebedev

Havolalar tahrir