Istiqlol jallodlari
Mustafo Choʻqayning 1917-yilgi xotiralar toʻplami
„Istiqlol jallodlari“ (asl nomi: 1917-yil xotira parchalari) — Mustafo Choʻqay tomonidan yozilgan xotiralar toʻplami. Xotiralar toʻplami „Yosh Turkiston“ gazetasining 13-sonida nashr etilgan. Asarga kirish qismini uni nashrga tayyorlagan Begali Qosimov yozib bergan[1][2].
Muallif(lar) | Mustafo Choʻqay |
---|---|
Muharrir(lar) | N. Qilichev |
Bezovchi(lar) |
A. Vasixanov Jasurbek Hasanov |
Nashriyot |
Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Tirilish |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1992 2022 |
Sahifalar soni | 90 |
Tarixi
tahrirAsar 1917-yilga oid xotiralarga asoslanib yozilgan. Asarda 1917-yil yuz bergan siyosiy jarayonlar, shuningdek, Mustafo Choʻqayning Rossiya davlat dumasining musulmon fraksioni qoshidagi Turkiston vakili boʻlib faoliyat yuritgan davri voqealari yoritilgan[3].
Asar Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyin ilk bor 1992-yilda nashr etilgan. Ilk nashridan 30 yil oʻtib, 2022-yilda „Tirilish“ nashriyoti yana qayta nashrga tayyorlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Istiqlol jallodlari“. 2024-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-fevral.
- ↑ „Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari & Ozod Sharafiddinov. Mustafo Cho’qayev. | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.
- ↑ Mustafo Cho'qayning "Istiqlol jallodlari" ("1917-yil. Xotira parchalari") (inglizcha), qaraldi: 2024-02-21
- ↑ uz, Kun „“Istiqlol jallodlari” – Turkiston ozodligining zavoli haqida asar“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.