Isxoq Gaziyev (1896— ?) — sovet davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR adliya xalq komissari va prokurori (1925—1926).

Isxoq Gaziyev
 Oʻzbekiston SSR Adliya 1-xalq komissari-
Mansab davri
1925-yil 17-fevral – 1926-yil
Hukumat boshligʻi Fayzulla Gubaydullayevich Xoʻjayev
Oʻtmishdoshi Lavozim tayinlangan
Vorisi Ahmadbek Matqulovich Mavlonbekov
Oʻzbekiston SSR prokurori-
Mansab davri
1925-yil 17-fevral – 1926-yil
Oʻtmishdoshi Lavozim tayinlangan
Vorisi Ahmadbek Matqulovich Mavlonbekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1896-yil
Vafoti Noma’lum
Siyosiy partiyasi VKP(b)

Tarjimai holi

tahrir

Eski-usulli maktabining 3-sinfini tamomlagan.

1917-1918-yillarda — Andijon shahar isteʼmol jamiyati xodimi boʻlgan. 1919-1920-yillarda — Skobelev okrug-shahar inqilobiy qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi. 1920-1923-yillarda — Skobelev shahri GPU Siyosiy byurosi rahbari boʻlgan.

  • 1923-1924-yillarda — xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi (Fargʻona viloyati),
  • 1924-1925-yillarda — Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi,
  • 1924-yil yanvar-noyabr oylarida — Turkiston ASSR xalq komissari — davlat prokurori,
  • 1925-1926-yillarda — Oʻzbekiston SSR Adliya xalq komissari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston SSR prokurori boʻlgan.

Manbalar

tahrir

https://centrasia.org/person2.php?st=1558804227