Ivan Andreevich Bukin (ruscha: Иван Андреевич Букин; 1993-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha muosbaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Aleksandra Stepanova bilan birga to‘rt karra Yevropa chempionatining medal sovrindori (2019-yilda kumush, 2015-yil, 2018-yil va 2020 -yilgi bronza), 2018-yilgi Xelsinki Gran-pri musobaqasining chempioni, 2018 Rostelecom Cup turniri chempioni va ikki karra Rossiya chempionidir[1].

Ivan Bukin
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 16-sentyabr 1993-yil (1993-09-16) (31 yosh)
Moskva, Rossiya
Sherigi Aleksandra Stepanova
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 86.45
Erkin dastur 127.64
Raqs (umumiy natija) 213.20

Stepanova / Bukin juftligi faoliyatining boshida 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2012 — 2013 yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining finalida va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya Chempionatida gʻolib chiqqan[2].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Ivan Bukin 1993-yil 16-sentyabrda Moskvada tugʻilgan. U muz raqsi boʻyicha 1988-yilgi Olimpiya chempioni Andrey Bukinning oʻgʻli. Uning onasi Yelena Vasyukova ham sobiq muz raqqosasi. Bukinning uzoq yillik sevgilisi, xoreograf Alyona Samarskayadir. Artyom 2022-yil 3-yanvarda Artyom ismli oʻgʻil farzanli boʻlgan.

Faoliyati

tahrir

Dastlabki yillari

tahrir

Stepanova konkida uchishni 1999-yilda oʻrgana boshladi. Sankt-Peterburgda raqs maktabi yoʻqligi sababli u Moskvaga koʻchib oʻtgan. Stepanova 2006-yilda murabbiylar Irina Juk va Aleksandr Svinin tomonidan Bukin bilan juftlashtirilgan[3].

2010 — 2011-yildan 2011 — 2012-yilgacha

tahrir

Stepanova / Bukin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ular ikkala musobaqada ham gʻalaba qozonishgan va 2010-yilgi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Stepanova / Bukin juftligi Ruminiya va Italiyada boʻlib oʻtgan 2011 — 2012-osmirlar oʻrtasidagi musobaqalarining ikkalasida ham gʻolib chiqdilar. Ularning gʻalabasi finalga yoʻlllanmani berdi. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. Keyin Stepanova / Bukin juftligi 2012-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2012 — 2013-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon Chempionligi

tahrir

Stepanova / Bukin Turkiya va Germaniyadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Ular finalda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Stepanova / Bukin juftligi Bukinning shamollashi tufayli 2013-yilgi Rossiya Oʻsmirlar Chempionatini tark etgan.

Natijalari

tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; Bukin bilan

Xalqaro
Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22
Olimpiya 6
Jahon chemp. 9 11 10 7 4 C 5
Yevropa chemp. 3 5 5 3 2 3 2
GP Final 4 4
GP Cup of China 3 C
GP NHK Trophy 4 2
GP Rostelecom 5 3 1 WD
GP Skate America 3 2
GP Skate Canada 8 5
Universiada 5
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chemp. 2 1 WD
Pavel Roman 1
NRW Trophy 2
Milliy
Rossiya chemp. 6 3 3 2 2 2 2 1 1
WD = musobaqani tark etgan

Manbalar

tahrir
  1. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2020/2021“. International Skating Union. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2019/2020“. International Skating Union. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Alexandra STEPANOVA / Ivan BUKIN: 2021/2022“. International Skating Union. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.