Ivan Denisovichning bir kuni

rus yozuvchisi Aleksandr Soljenitsin qalamiga mansub qissa

„Ivan Denisovichning bir kuni“ (ruscha: Один день Ивана Денисовича) — rus yozuvchisi Aleksandr Soljenitsin qalamiga mansub qissa. Muallif boshida asarni „Shch-854“ (ruscha: Щ-854) deb atagan. Asardagi hodisalar 1950-yillarda sovet mehnat lagerida sodir boʻladi va oddiy mahbus Ivan Denisovichning u yerda oʻtkazgan bir kuni haqida hikoya qiladi.

Ivan Denisovichning bir kuni

Inglizcha nashr muqovasi
Asl nomi Один день Ивана Денисовича
Muallif(lar) Aleksandr Soljenitsin
Til ruscha
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1962

Soljenitsin asarni 1959-yilda yozgan. Ilk bor 1962-yilda „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. Soljenitsin asarni hikoya oʻlaroq taʼriflagan, ammo jurnal muharrirlari uni qissa deb nashr qilishgan. Gʻarb mamlakatlarida „Ivan Denisovichning bir kuni“ roman oʻlaroq yuritiladi.

Qissaning nashr qilinishi Sovet adabiyoti tarixida katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatda undan avval biror marta ham Iosif Stalin repressiyasi ochiq muhokama qilinmagan. „Noviy mir“ jurnali bosh muharriri Aleksandr Tvardovskiy jurnal oʻquvchilarini asarga tayyorlash uchun „Kirish soʻz oʻrnida“ deb ataluvchi qisqa muqaddima yozgan.

„Ivan Denisovichning bir kuni“ muallifga xalqaro shuhrat olib kelgan. Adabiyotshunoslar asar butun Sovet Ittifoqi tarixini oʻzgartirgan, deb hisoblaydi. Qissa dunyonig bir necha tiliga tarjima qilingan.

Syujet tahrir

Asardagi voqealar 1950-yillarda, sovet mehnat lagerida sodir boʻladi. Bosh qahramon Ivan Denisovich Shuxov (ruscha: Иван Денисович Шухов) 40 yoshlardagi rus aksaridir. U jinoyatchi emas, balki Stalin repressiyasi qurbonidir. Ikkinchi jahon urushida Shuxovni fashistlar asir oladi, ammo u qochib ketishga muvaffaq boʻladi. Ammo sovet rasmiylari uni sotqinlikda ayblab, 10 yilga qamashadi.

Shuxov lagerdan chiqishiga koʻzi yetmaydi, chunki odatda rasmiylar mahbuslar qamalgan muddatni uzaytirib qoʻyishadi. Asarda Shuxovning qamoqdagi oddiy bir kuni haqida hikoya qilinadi. Boshqalar bilan sovuq barakda yashashi, qanda kiyinishi, uxlashi, ovqatlanishi va issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida ishlashi haqida hikoya qilinadi. Asar yakunida Shuxovni ozodlikka chiqarishadi. Uning keyingi hayoti oʻquvchiga nomaʼlumligicha qoladi.

Qahramonlar tahrir

  • Ivan Denisovich Shuxov (ruscha: Иван Денисович Шухов) – bosh qahramon, mahbus, 104-mahbuslar brigadasi aʼzosi
  • Alyosha (ruscha: Алёша) – baptist
  • Gopchik (ruscha: Гопчик) – yosh mahbus
  • Andrey Prokofyevich Tyurin (ruscha: Андрей Прокофьевич Тюрин) – 104-mahbuslar brigadasi yetakchisi
  • Fetyukov (ruscha: Фетюков) – obroʻ-eʼtiborsiz mahbus
  • Sezar Markovich (ruscha: Цезарь Маркович) – qamalgan rejissyor
  • Buynovskiy (ruscha: Буйновский) – sobiq kapitan
  • Pavlo (ruscha: Павло) – Tyurin yordamchisi
  • Ivan Kildigs (ruscha: Кильдигс) – latviyalik mahbus
  • Senka Klevshin (ruscha: Сенька Клевшин) – kar mahbus

Havolalar tahrir