Ivet Goranova
Ivet Goranova (bolgarcha: Ивет Горанова, 2000-yil 6-martda tugʻilgan[3]) – bolgariyalik karatechi. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida[4][5], Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Ivet Goranova | |
---|---|
Goranova 2020-yilgi Olimpiada o'yinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
6-mart 2000-yil Dolna Mitropoliya, Pleven viloyati[1][2], Bolgariya |
Sport | |
Mamlakat | Bolgariya |
Qaysi sport | Karate |
Faoliyati
tahrirAyollar oʻrtasida kumite boʻyicha 55 kg vazn toifasida 2018-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatida[6][7] va 2019-yilda Ispaniyaning Gvadalaxara shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medallaridan birini[8], oʻsha yili Goranova Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kirigan[9][10]. Finalda ukrainalik Anjelika Terliuga ustidan gʻalaba qozongan[10].
Goranova Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Olimpiya saralash turnirida Bolgariya nomidan qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan[11][12]. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan[4][5]. 2021-yil noyabr oyida Goranova Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[13][14].
2022-yilda AQShning Birmingem shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ishtirok etgan[15]. 2023-yilda Polshada boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan[16][17]. Finalda ukrainalik Anjelika Terliugaga imkoniyatni boy bergan[16][17]. Bir necha oy oʻtgach, Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 2023 yilgi karate boʻyicha jahon chempionatida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan[18].
Yutuqlari
tahrirYil | Musobaqa | Oʻtkazilgan joy | Daraja | Tadbir |
---|---|---|---|---|
2018 | Jahon chempionatlari | Madrid, Ispaniya | 3 | Kumite 55 kg |
2019 | Yevropa chempionati | Gvadalaxara, Ispaniya | 3 | Kumite 55 kg |
Yevropa oʻyinlari | Minsk, Belarus | 1 | Kumite 55 kg | |
2021 | Yozgi Olimpiya oʻyinlari | Tokio, Yaponiya | 1 | Kumite 55 kg |
Jahon chempionatlari | Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | 3 | Kumite 55 kg | |
2022 | Yevropa chempionati | Gaziantep, Turkiya | 2 | Kumite 55 kg |
2023 | Yevropa oʻyinlari | Krakov va Malopolska, Polsha | 2 | Kumite 55 kg |
Jahon chempionatlari | Budapesht, Vengriya | 2 | Kumite 55 kg |
Mukofotlari
tahrir- Bolgariyada yilning eng yaxshi sportchisi (2021)[19]
Manbalar
tahrir- ↑ „Родният град уважи Ивет Горанова“. boec.bg (2018-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
- ↑ „Коя е Ивет Горанова?“. bntnews.bg (2021-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
- ↑ „Entry List by Country“. 2022 World Games. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 Palmer, Dan. „Sanchez the history-maker as karate makes highly-anticipated Olympic debut“. InsideTheGames.biz (2021-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.Palmer, Dan (5 August 2021).
- ↑ 5,0 5,1 „Karate Results Book“. 2020 Summer Olympics. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.„Karate Results Book“ (PDF).
- ↑ „2018 World Karate Championships“. SportData. 2020-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
- ↑ „Results Book“. 2018 World Karate Championships. 2020-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
- ↑ „Results Book“. 2019 European Karate Championships. 2020-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
- ↑ Rowbottom, Mike. „Italy's Maresca earns dramatic win as Ukraine take two golds in karate finale at Minsk 2019“. InsideTheGames.biz (2019-yil 30-iyun). 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ 10,0 10,1 „Karate Medalists“. 2019 European Games. 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
- ↑ Rowbottom, Mike. „Emotions run high as first nine earn Tokyo 2020 debut places at WKF final qualifier in Paris“. InsideTheGames.biz (2021-yil 11-iyun). Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
- ↑ „2021 Karate World Olympic Qualification Tournament Results Book“. World Karate Federation. 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ Morgan, Liam. „Olympic gold medallists star on second day of Karate World Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „2021 World Karate Championships Results Book“. World Karate Federation. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
- ↑ „Karate Results Book“. 2022 World Games. 2022-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
- ↑ 16,0 16,1 „Summary of day 1 of Karate at European Games“. European Karate Federation (2023-yil 22-iyun). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ 17,0 17,1 „Karate Medalists by Event“. 2023 European Games. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
- ↑ „2023 World Karate Championships Results Book“. Sportdata.org. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ Kyrtunov, Bozhidar. „Ивет Горанова спечели "Спортист на годината"“. dnevnik.bg (2021-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.