Iveta Frühauf
Iveta Frühauf (talaffuzi: Iveta Fruehauf; qizlik familyasi: Karafiátová; 1988-yil 14-mayda tugʻilgan) — slovakiyalik xokkeychi. Frühauf Slovakiya terma jamoasi bilan toʻqqizta IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida yuqori divizion, 1-2-divizionida oʻynagan va 2010-yil Vancouver qishki oʻyinlarida ayollar xokkey turnirida Slovakiyani himoya qilgan[1].
Iveta Frühauf | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
14-may 1988-yil Bratislava, Chexoslovakiya | ||
Boʻyi | 174 cm (5 ft 9 in) | ||
Ogʻirligi | 64 kg (141 lb; 10 st 1 lb) | ||
Pozitsiyasi | Hujumchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | ||
Oʻynagan jamoalari |
HC Roudnice nad Labem HC Pardubice HC Plzen HC Slovan Bratislava ZHK Poprad Linköping HC | ||
Milliy jamoa | Slovakiya | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2002—2017 |
Faoliyati
tahrirSlovakiya terma jamoasi aʼzolari Zuzana Tomčíková va Martina Veličkovalaar bilan birga Frühauf oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynagan. Slovakiya ligasi qoidalari binoan 16 yoshdan keyin qizlar oʻgʻil bolalar bilan oʻynashi mumkin emas edi. Uchalasi ham 2004-yilda Karonport oʻrta maktabida bosh murabbiy Barrett Kropf boshchiligida Saskachevanda oʻz faoliyatini davom ettirdilar[2]. Frühauf, Tomčíková va Veličkovalar Caronport Lady Cougars jamoasida oʻynashgan. Lekin Frühauf va Tomčíkoválar oʻgʻil bolalar jamoasida ham oʻyagan edi.
Xalqaro faoliyati
tahrirU 2008-yilning sentyabr oyida Slovakiya terma jamoasi bilan Latviyada boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan saralash turnirida Bolgariyani 82:0 hisobida magʻlub etdi. Gʻalabada Iveta 11 ochko jamgʻardi[3].
2009-yilda Frühauf Avstriyaning Grats shahrida Xalqaro xokkey federatsiyasining (IIHF) ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining I divizionida ishtirok etdi. Frühauf Slovakiya terma jamoasi bilan 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining yuqori divizioniga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan
Vancouver qishki oʻyinlari
tahrirIveta 2010-yilgi Olimpiya oʻyinlarida Slovakiya ayollar jamoasida oʻynadi, bu mamlakatning Yevropadan tashqari ayollar xokkeyidagi birinchi chiqishi edi[4]. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Frühauf 2010-yilda Vancouver qishki oʻyinlarida Slovakiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Uning birinchi Olimpiya ayollar xokkey oʻyini 2010-yil 13-fevralda Kanadaga qarshi boʻlgan. Slovakiya 18:0 hisobida magʻlub boʻldi va birinchi boʻlimda qoʻpollik qilgani uchun jazolandi[5]. Slovakiya sakkizinchi oʻrinni egalladi. Frühauf Olimpiya turnirida hech qanday ochko qayd eta olmadi[6].
Faoliyat statistikasi
tahrirQishki Olimpiya oʻyinlari
tahrirYil | GP | Gollar | Assist | Ballar | Jarima daqiqalar | +/- |
2010-yil Vancouver Olimpiadasi | 5 | 0 | 0 | 0 | 4 |
Mukofot va unvonlari
tahrir- Eng yaxshi himoyachi, 2009-yil IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati I divizioni[7]
- Har bir jamoaning eng yaxshi oʻyinchilari (murabbiylarning ovoziga koʻra), 2011-yil IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
Shaxsiy hayoti
tahrirFrühauf Linköping HC Dam bilan oʻynash bilan bir qatorda Shvetsiyaning Linköping shahridagi universitetda oʻqidi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Iveta Karafiatova“. NBC (2010). 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
- ↑ „What's Happening at CHS“ (PDF). Briercrest Magazine. 1-jild. Summer 2010. Qaraldi: 2014-09-18.
- ↑ „Pre-Olympic Qualification Tournament, WOMEN: Round Robin Game 7 - Game Summary“. IIHF (6-sentabr 2008-yil). 2022-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
- ↑ Merk. „Slovak with a Canadian accent“. IIHF (11-fevral 2010-yil). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Slovakia 0, Canada 18“. ESPN (13-fevral 2010-yil). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Iveta Karafiátová“. sports-reference.com. 27-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Slovakian Women Promoted“. IIHF (11-aprel 2009-yil). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.