Ixtiyor Ropiyev
Ixtiyor Ropiyev (1993-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik professional futzalchi. Oʻzbekiston futzal terma jamoasi tarkibida 2021 va 2024-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Ixtiyor Ropiyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
19-sentyabr 1993-yil Jizzax viloyati |
Sport | |
Qaysi sport | Futzalchi |
Faoliyati
tahrirFutbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati quyi divizionlarida uzoq vaqt toʻp surganidan soʻng, 2017-yilda „Maksam-Chirchiq“ bilan kelishib, futzalga oʻtdi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan oʻynagan navbatdagi chempionatda Ropiev toʻpurarlar reytingida uchinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda „AGMK“ jamoasiga oʻtdi va futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida debyut qildi[1]. Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi safida 2018-yilgi Osiyo Kubogida, 2021-yilgi Jahon chempionatida va 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ixtiyor Ropiyev“ (uz) (championat.uz). 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-noyabr.
- ↑ „Ixtiyor Ropiyev“. 2018-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
- ↑ „Futsal Squad Lists“.