Iyjob (arab. lozim qilish, vojib qilish, majburiyatni yuklash) - islom iqtisodiyotida savdoning ruknlaridan biri hisoblanadi. Savdo munosabatlarida sotuvchi tomonidan sodir bo‘ladigan so‘z, holat, ish. Sotuvchining “bu mahsulotni buncha pulga sotdim” deyishi yoki shuning o‘rniga o‘tadigan ishning sodir bo‘lishi I.ga misol bo‘ladi. Ba’zan esa I. xaridor tomonidan ham bo‘lishi mumkin. Mas., xaridor sotuvchiga “bu molni menga buncha pulga sotgin” deyishi kabi holatda yuz beradi. Shunga ko‘ra, hanafiy olimlar I.ning ta’rifini “Savdoga kirishuvchi tomonlarning biridan avval sodir bo‘lgan ish” deb aytadilar. Ad.: Abdurahmon al- Jaziyriy, Al-fiqhu alal mazahibil arba’a. - 496[1].

Manbalar tahrir

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 217.

Adabiyotlar tahrir

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.