J.K. (qo'shiqchi)
Marta Simlat, JK nomi bilan tanilgan (1970-yil 2-yanvar) – polshalik model va yevrodans „qoʻshiqchisi“ boʻlib, 1990-yillarning oʻrtalaridan oxirigacha italiyalik prodyuserlar Larri Pignagnoli va Davide Riva bilan muvaffaqiyatga erishgan[1].
Musiqiy karyerasi
tahrirSimlat 1992-yilda Polshadan Italiyaga koʻchib oʻtgan va modellik faoliyatini boshlagan. Biroq, oradan koʻp vaqt oʻtmay, Whigfield jamoasi aʼzolari Larri Pignagnoli va Davide Riva tomonidan eʼtiborga tushgan. Simlat tezda oʻzining birinchi yakkaxon qoʻshigʻi „You Make Me Feel Good“ qoʻshigʻini imzolagan hamda Fransiya, Italiya va Germaniyada ushbu qoʻshiqni muvafaqqiyatli ijro etib, Kanada raqs chartlarida birinchi oʻrinni egallagan.
Uning uchinchi yakkaxon qoʻshigʻi „You and I“ Kanada raqs chartlarida yuqori pogʻonaga koʻtarildi va Yevropada efirga chiqdi. Trek butun dunyo boʻylab koʻplab raqs albomlariga, jumladan Muchmusic’s Dance Mix '95 va Eurodisco '96 – Collectionga ham kiritilgan. Toʻrtinchi yakkaxoni „My Radio“ Yevropani hayratda qoldirdi va Yaponiyada ham mashhur boʻldi.
1999-yilda J. K.ning soʻnggi rasmiy yakkaxon qoʻshigʻi „Deep in the Night“ chiqarilgan boʻlsada, 2005-yilda Benassi Bros vokalist Dhany bilan J. K.ning „Hit My Heart“ va „Make Me Feel“ nomli qoʻshiqlarining kover versiyasini yaratdi. Uning aksariyat qoʻshiqlari faqat Italiyada chiqarilgan.
Aslida, J. K. uchun barcha qoʻshiqlarining vokal qismi Giovanna Bersola, Sandy Chambers va Zeitia Massiah tomonidan ijro etilgan. Simlat tomonidan videolar va jonli ijrolarda lab sinxronligi namoyish etilgan. Simlat Dance Machine 9-da „My radio (70-yillar)“ qoʻshigʻi boshlanishida mikrofonini oʻchirishni unutib qoʻyganligi tufayli, lablarini sinxronlashtirgani bilinib qolgan. 2000-yilda oʻzining soʻnggi „You Got Me Dancing“ rasmiy yakkaxonidan soʻng, Simlat omma eʼtiboridan gʻoyib boʻldi va J. K. loyihasida oʻrnini boʻsh qoldirib, loyihani tark etdi (bu balki tasdiqlangan lab-sinxron ayblovlari tufayli boʻlishi mumkin).
Manbalar
tahrir- ↑ „J.K. (singer)“. Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.