Jackie Acevedo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jackie Lynn Acevedo Rangel[1]
Tavallud sanasi 18-yanvar 1987-yil (1987-01-18) (37 yosh)
Tavallud joyi Austin, Texas, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Boʻyi 5 ft 2 in (1.57 m)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 Oklahoma City FC (WPSL) 10 (12)
2013 Houston Aces (WPSL) 9 (5)
2014 Portland Thorns FC 2 (0)
2015 Houston Aces
Milliy terma jamoa
2003 Amerika Qoʻshma Shtatlari U16
Amerika Qoʻshma Shtatlari U17
2006 Meksika U20 2
2013 Meksika 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jackie Lynn Acevedo Rangel (1987-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — Amerikada tugʻilgan meksikalik sobiq futbolchi. Faoliyati davomida turli jamoalarda hujumchi sifatida oʻynagan.

Yoshlik davrlari tahrir

Acevedo AQShning Texas shtatidagi Ostin shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi meksikalik boʻlgan va ota-onasining Acevedodan tashqari yana besh oʻgʻli ham bor edi. Acevedo Ostindagi Makneyl oʻrta maktabida oʻqigan va 2004-yilda McNeil’s futbol jamoasi bilan Texas shtati chempionatida gʻolib chiqqan. Keyin u Tennessi universitetidagi kollejda oʻqishini davom ettirgan[2]. Acevedo Tennessi universiteti jamoalarida bir yil oʻynaganidan soʻng 2008-yilda kollejini almashtiradi. U keyingi uch yil davomida Oklaxomadagi Janubiy Nazarene universiteti jamoalarida oʻynaydi va uch karra NAIA All-American sovrinini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, u 2010 va 2011-yillarda Sooner Athletic Conference tomonidan yilning eng yaxshi hujumkor futbolchisi unvoniga ham sazovor boʻladi. U SNUdagi uch yil davomida 80 ta gol uradi va 31 ta golli uzatmani amalga oshiradi[3].

Futboldagi faoliyati tahrir

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Oklahoma City FC tahrir

2012-yilgi WPSL mavsumida Acevedo WPSLda Oklahoma City FC jamoasi safida oʻynaydi. U 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol uradi va umumiy ochkolar bo‘yicha (26) ligada 3-o‘rinni egallaydi[4].

Houston Aces tahrir

2013-yilgi WPSL mavsumida Acevedo Houston Aces jamoasiga oʻtadi va mavsum davomida 9 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Houston Aces oʻsha yili WPSL chempionatida yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallaydi.

Portland Thorns FC tahrir

2014-yil 3-yanvarda Acevedo NWSL taqsimot jarayoni orqali Portlend Torns FC jamoasiga oʻtadi[5]. U birinchi NWSL chempionatida gʻalaba qozonganidan keyin Portlend Torns FC tomonidan tanlangan oʻyinchilardan biri edi[6].

U oʻzining birinchi oʻyinini 2014-yil 12-aprelda Houston Dashga qarshi 2014 NWSL mavsumining birinchi oʻyinida oʻtkazadi. Yil boshida u Portlendning asosiy hujumchisi Aleks Morganning oʻsha paytdagi jarohati tufayli uning oʻrnini egallashi mumkinligi taxmin qilingan edi. Ammo yil davomida u faqat yilning dastlabki ikki oʻyinida maydonga tushadi[7]. Meksika uni 2015-yilgi mavsum uchun NWSL musobaqasiga chaqirmaydi[8][9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Meksika U-20 ayollar terma jamoasi tahrir

Acevedo 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Meksika U-20 ayollar terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazadi[10].

Meksika ayollar terma jamoasi tahrir

Acevedo Meksika ayollar terma jamoasiga birinchi chaqiruvini 2013-yilning 24-noyabrida Kanadaning Vankuver shahrida Kanadaga qarshi boʻlib oʻtadigan o‘rtoqlik uchrashuvida oladi[11]. U, shuningdek, 2015-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan Meksikaning saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2014-yilning 11-20-iyul kunlari tashkil etilgan Meksika terma jamoasi uchun yig‘inda ishtirok etadi[12].

Manbalar tahrir

  1. „Convocatoria de la Selección Femenil para enfrentar a Canadá“ (Spanish). MiSeleccion.mx. Qaraldi: 2017-yil 19-oktyabr.
  2. „Tennessee Soccer: Jackie Acevedo“. Tennessee Soccer. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  3. „Jackie Acevedo“. Portland Thorns. 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  4. „Jackie Acevedo“. Portland Thorns. 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  5. „Jackie Acevedo Allocated to Portland Thorns“. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  6. „NWSL Announces 2014 Allocated Players“. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  7. „Portland Thorns forward Jackie Acevedo could be the replacement for an injured Alex Morgan“. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  8. „NWSL Reveals Allocated Players for 2015 Season“ (2015-yil 14-yanvar).
  9. „Thorns Acquire International Spot for Becca Moros“.
  10. „Jackie Acevedo“. Portland Thorns. 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul. „Jackie Acevedo“ (Wayback Machine saytida 2019-04-10 sanasida arxivlangan).
  11. „Jackie Acevedo“. Portland Thorns. 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul. „Jackie Acevedo“ (Wayback Machine saytida 2019-04-10 sanasida arxivlangan).
  12. „Jackie Acevedo named to roster for Mexico WNT camp“. NWSL. 2014-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyul.