Jag (inglizcha: jug — „koʻza, idish“) — Gʻarbiy Afrikadan kelib chiqqan ibtidoiy arxaik cholgʻu asbobi[1]. Bu tor boʻyinli idish boʻlib, folklor ansambllarida ritm uchun yoki ovoz tovushini kuchaytirish uchun rezonator sifatida qoʻllaniladi[2]. Koʻpincha bas asbobi sifatida ishlatiladi. Tuba tovushiga oʻxshash chuqur va baland tovush chiqarishga qodir[3].

MusiqachilarTahrirlash

  • Xemmi Nikson (1908-1984), amerikalik blyuz garmonikasi va jag ijrochisi. U koʻplab Slipi Jon Estes yozib olingan kuylarida hamroh sifatida tanilgan. Jag chalingan kuyga: Estesning Evropadagi Slipi Jon Estes albomidagi „I’m a Tearing Little Daddy“ va „You Oughtnʼt Do That“ (Delmark, 1965) larni misol qilib keltirish mumkin.
  • Tommi Xoll (1923-yildan hozirgi kungacha) texaslik elektr koʻza musiqachisi. U Amerikaning „The 13th Floor Elevors“ psixikali rok guruhining asoschilaridan biri boʻlgan. Jagda chalingan kuyga misol qilib: The Psychedelic Sounds of the 13th Floor Elevators (1966) va Easter Everywhere (1967) albomlaridan „You’re gonna miss me“ va „Slip inside this house“larni olish mumkin.

ManbalarTahrirlash

  1. „Kratkiy slovar djazovix terminov“ // Kinus Yu. „Improvizatsiya i kompozitsiya v djaze“. Rostov-na-Donu, 2008. ISBN 978-5-222-13911-0. — C. 153—161
  2. Озеров В. Ю. (1983). Джеймс Линкольн Коллиер. ed. Словарь специальных терминов (Становление джаза: популярный исторический очерк nashri). Москва: Радуга. p. 411. 
  3. Aleksey Kalachyov John Sebastian And The J-Band „Chasinʼ Gus' Ghost“ 1999 // blues.ru