Bosh menuni ochish

thumb

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


"JAHON" AXBOROT AGENTLIGI - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi 1995 yil noyabrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning borishi, jamiyatning demokratik yangilanishi jarayoni to'g'risida xolis axborot tarqatish, milliy va xalqaro axborot agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, respublikamizning jahon axborot makoniga integrasiyalashuvini tezlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Agentlikning asosiy vazifalari, jumladan, quyidagilardan iborat:

  • Mahalliy va xorijiy jamoatchilikni Oʻzbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotidagi o'zgarishlar haqida tezkorlik bilan xabardor qilib turish maqsadida mahalliy axborot agentliklari va xorijiy axborot mahkamalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish;
  • Oʻzbekistonning keng xalqaro hamkorlik yuzasidan mavjud bo'lgan ulkan imkoniyatlarini ochib beruvchi turli axborot byulletenlari, ma'lumotnomalar, katalog, bukletlar va boshqa matbaa mahsulotlarni nashr etish, foto va audiovizual materiallar tayyorlash va ularni tarqatish;
  • Xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti, globallashuv jarayoni doirasidagi xalqaro muammolar, terrorchilik, ekstremizm, diniy aqidaparastlikka qarshi kurash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash mavzulariga bag'ishlangan axborotlarni to'plash va tarqatish.

Agentlik mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi diplomatiya missiyalari huzurida o'zining muxbirlik punktlariga ega bo'lgan yagona ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. «Jahon» AA muxbirlari ayni paytda Buyuk Britaniya, Belgiya, Misr, Hindiston, Isroil, Rossiya, AQSh, Fransiya, Turkiya hamda Yaponiyada faoliyat ko'rsatmoqda.

Agentlik eng yirik mahalliy va xalqaro axborot agentliklari, shuningdek, respublikamizning yetakchi gazetalari, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.

Ko'rsatib o'tilgan vazifalarni ado etish maqsadida «Jahon» axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq:

  • Axborotlarni yig'adi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi, barcha turdagi axborot mahsulotlarini mamlakat ichida va xorijda tayyorlaydi hamda tarqatadi;
  • Mahalliy va xorijiy axborot mahkamalari bilan axborot ayirboshlash haqida yoki tijorat asosida axborot berish (olish) to'g'risidagi bitimlarni imzolaydi;
  • Shartnomaviy asosda xorijiy va mahalliy matbaa nashrilarga, radio, televidenie, axborot agentliklari va boshqa OAV, hukumat va nohukumat muassasalari, jamoat tashkilotlariga axborot taqdim etadi;
  • Axborot va boshqa materiallar, mahsulot hamda xizmatlarni shartnomaviy asosda belgilangan narx va tariflar asosida sotadi.

Agentlik Internet tarmog'ida o'z veb-portaliga (www.jahonnews.uz) ega bo'lib, unda o'quvchilar turli axborot va tahliliy materiallar, press-relizlar bilan tanishishi, oʻzbek, rus va ingliz tillarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to'g'risidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin.

"Jahon" AA veb-saytiga har kuni o'rta hisobga 1000 dan 1100 gacha foydalanuvchi murojaat qiladi. Agentlik portali soddaligi, turli ruknlarning mavjudligi, boshqa axborot manbaalari, tashkilot va idoralar, arxiv materiallari bilan veb-bog'lanmalarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O'z mahsulotini mamlakat miqyosida va xorijda tanitishni hamda agentlik bilan hamkorlik o'rnatishni maqsad qilgan reklama beruvchilarga Agentlikning Internet sahifasi keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Agentlik hamkorlari to'g'risidagi ma'lumotlar veb-portalga reklama bannerlari ko'rinishida joylashtiriladi va nafaqat respublikamizdagi, balki xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvchilarning ham e'tiboriga havola etiladi.

Agentlik rahbariyati

Lavozimi Familiya, ism, sharif Telefon raqamlari
Direktor Gulyamov Abror Axrorovich Telefon: (+99871) 233-65-91, Faks: (+99871) 120-64-43
Direktor o‘rinbosari Ergashev Baxodirjon Anvarovich Telefon: (+99871) 256-71-89
Direktor o‘rinbosari Sodiqov Shohruh Ne’matullaevich Telefon: (+99871) 2336591


Televidenie va radioeshittirish xizmati

Televidenie va radioeshittirish xizmati Betacam SP, VHS, DVD, hamda VCD formatlarida bo'lgan oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi audiovizual mahsulotlar, hujjatli filmlar, video-rolik va telelavhalar tayyorlab berish imkoniyatiga ega. Shuningdek, agentlikda turli marosimlar, tadbirlar, uchrashuv va yig'ilishlarni professional darajada video tasmaga tushirib berish imkoniyati mavjud.

Fotoxizmat

Agentlik fotoxizmati OAV hamda nashrlarni bezashda foydalanish mumkin bo'lgan turli mavzulardagi (shaxslar, jamiyat, madaniyat, sport, manzarali ko'rinishlar) yuqori sifatli fotosuratlarni tayyorlab berishni taklif qiladi.

Eng dolzarb mavzulardagi fotosuratlar, arxiv suratlari, tarixiy voqealar aks etgan fotosuratlar mavjud. Shuningdek, agentlik fotoreportajlar, sahnalashtirilgan fotosuratlar, zarur fotosuratlarni qidirish borasidagi xizmatlarni ham taklif qiladi. Fotosuratlar raqamli formatda taqdim etiladi.

Tarjima xizmati

Agentlik oʻzbek tilidan rus, ingliz, nemis, arab tillariga va aksincha shu tillardan oʻzbek va rus tillariga malakali tarjima xizmatini taklif etadi. Shuningdek, turli bukletlar nashr etish, kelishilgan asosda chet tillaridagi axborot va reklama materiallarini tayyorlash, turli ijtimoiy-madaniy tadbirlarga axborot ko'magi ko'rsatish ham taklif etiladi. Tahririyat-nashriyot xizmati

Mazkur xizmat turli broshyuralar, bukletlar, axborot byulletenlari, ma'lumotnomalar va boshqa matbaa mahsulotlarini arzon narxlarda tayyorlab berishni taklif qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi

Manzil:

700029, Toshkent shahri, Oʻzbekiston ko'chasi 9-uy

Tel: +99871 233-6591, 256-7189, 256-1233 Faks +99871 120-6443

Internet manzil: www.jahonnews.uz Elektron pochta: aajahon@tiv.uz; aajahon@mail.ru

ManbalarTahrirlash