Jahon sog'liqni saqlash sohasidagi yangiliklar
Innovations in International Health (IIH) (o'zb.Xalqaro sog'liqni saqlash sohasidagi yangiliklar) MITda tadqiqot jarayonlarini osonlashtiradigan zamonaviy dasturiy ta'minotdir. Uning asosiy vazifasi dunyodagi tibbiyot sharotilarini yanada yaxshilash va kerakli jihozlar bilan ta'minlab berishdir.U 2008-yildan 2012-yilgacha Massachusetts texnologiya institutida joylashgan . IIHning bosh maqsadi butun dunyo bo'ylab tadqiqotchilar, shifokorlar va tibbiyot amaliyotchilari o'rtasidagi hamkorlikni osonlashtirishdir.Bu orqali tegishli va arzon sog'liqni saqlash texnologiyalarini ishlab chiqishni yo'lga qo'yish va tezlashtirish imkoni bo'ladi. [1]
IIH dasturiy ta'minoti MIT D-Lab da o'qitiladigan D-Lab Health deb nomlangan masofaviy ta'lim kursini yaratdi, u fanlar bo'yicha xalqaro sog'liqni saqlash va muhandislik kursidan iborat. [2] Talabalar rivojlanayotgan dunyoga ta'sir ko'rsatadigan asosiy global sog'liq muammolari haqida bilib olishadi va ushbu muammolarni hal qilish uchun tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish uchun namunaviy vositalarni o'rganadilar. Talabalar prototip yaratish jarayonida foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini olish uchun Nikaraguadagi IIH hamkorlari CARE va CIES bilan yaqindan aloqa o'rnatadilar. D-Lab Health loyihalari tarkibiga Ambuzap, BabyTracker, GlucoTank, Nebaul va POP bandage kiradi.
Tarix
tahrirIIH 2007-yilning yozida Amy Smith Amir Khan tomonidan tashkil etilgan va José Gómez-Márquez tomonidan boshqarilgan. [1][3] Uning birinchi yig'ilishi 6 mamlakatdan 12 nafar tadqiqotchini birlashtirdi. IIH o'sib borayotgan ixtirolar to'plamiga ega bo'lib, Qo'shma Shtatlar, Nikaragua, Gonduras, Peru, Tanzaniya, Hindiston va Pokistonda qurilmalar va tadqiqot ishlarini boshladi.
Massachusets texnologiya instituti, Pokistonning Karachi shahridagi tadqiqot va ishlanma markazi va Managuadagi Nikaragua tadqiqot sog'liqni saqlash fanlari markazida H-Labs deb nomlangan IIH jamlangan zamonaviy jihozlar aholi sog'lig'ini saqlashda muhim vosita sifatida qo'llanildi.
Jamiyat
tahrirIIH jamoasi tarkibiga olimlar, tibbiyot xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro yordam ko'rsatish xodimlari, sog'liqni saqlash sohasidagi tadqiqotchilar, ishbilarmonlar va turli sohalardagi boshqa hamkorlar kirdi. [4] Ularning jamoasi butun dunyo bo'ylab o'n ikkita ilmiy-tadqiqot markazini qamrab olgan.Markazlarda yettita sog'liqni saqlash sohasi bo'yicha o'n beshta texnologik loyiha amaliyoti yo'lga qo'yilgan.
IIH butun dunyo bo'ylab tadqiqotchilarni bir nechta tadqiqot vositalari, jumladan, hamkor ijtimoiy tarmoq sayti, Collaboratorium (tadqiqot va professional amaliyot sohalarini ko'rsatadigan grafik foydalanuvchi interfeysi), Global Health Data Mining (sohalarni aniqlaydigan statistik vositalar) bilan bog'lashga intiladi. Global sog'liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlar haqida o'tkaziladigan konferensiyalar va uchrashuvlar orqali mustahkam hamkorlikka erishilgan.
Texnologiyalar
tahrirIIH tashabbusi bilan Mahsulotni Rivojlantirish (APD) tashkiloti tadqiqot loyihalarini tibbiy,texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va sinovlarni o'z ichiga olgan amaliy loyihalarga aylantiradi. APD loyihalarni moliyalashtirishda ham yordam beradi.
IIHda taqdim etilgan ba'zi texnologiyalar qatoriga quyidagilar kiradi[5]
- Emlash jarayoni kuzatuvi : ota-onalarga bolalarining emlashlarini kuzatishning interfaol usulini taqdim etadigan ilova.
- PortaTherm : yengil va hamyonbop bo'lgan qurilma. Elektr quvvati mavjud bo'lmagan va internet aloqasi beqaror bo'lgan joylarda foydalanish mumkin.
- Teri uchun bir martali ishlatiladigan tibbiy vositalar : ularda plastik buyumlar va oddiy ustara pichoqlari harakat manbai sifatida foydalaniladi.shuningdek ular qulay va arzon.
- RespiRescue: shoshilinch tibbiy yordamdan uzoqda joylashgan chekka hududlarda to'satdan yuqori xavfli astma xurujlarini davolovchi mustaqil tez yordam bo'limi.
- GlucoVend : bemorlar uchun glyukoza
- (qondagi shakar) miqdorini tekshirish va kerak bo'lganda glyukoza xapdorilarini sotib olishda yordam beruvchi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish bo'limi.
- XoutTB : matnli xabarlar va tashxis qo'yish yordamida silga qarshi dori-darmonlarga rioya qilishni ta'minlash tizimi. 2009-yilda Pokistonning Karachi shahrida X Out TB sinovi boshlandi [6]
- Solar autoclave : tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish uchun quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtobuyum. [7]
- MEDIKit : rivojlanayotgan mamlakatlardagi tibbiyot mutaxassislari uchun o'zlarining tegishli tibbiy asboblarini yaratish va o'zgartirish imkonini beruvchi buyumlar nusxasi saqlanadigan tibbiy bo'lim. Bo'limning vazifasi dori vositalari,tashxis qo'yish buyumlari,jarrohlik asboblari va protezlarni yetazib berishdan iborat.
- Cool Comply : Dori-darmonlarni saqlash va MDR-TB bilan og'rigan bemorlarga dorilar sifatini nazorat qilishida yordam beruvchi quyosh energiyasi bilan ishlaydigan sovutgich qurilmasi.
Mukofotlar va e'tirof
tahrirIIH tadqiqotchilari va loyihalari bir nechta mukofotlarni qo'lga kiritdilar va taniqli nashrlar, innovatsiyalar va sog'liqni saqlashga yo'naltirilgan tashkilotlar tomonidan xalqaro miqyosda tan olinganlar. 2009-yilda dastur direktori Technology Review jurnalining 35 yoshgacha bo'lgan yosh tashabbuskorlar orasida yilning eng yaxshi gumanitar yo'nalishdagi tashabbuskori deb topildi. [3] X out TB haqida The Economist gazetasining Technology Monitor maqolasida keltirilgan. [8] Gomes-Markes MIT G'oyalar tanlovida uch marta g'olib bo'lgan. (G'olib ixtirolardan biri XoutTB edi). Solar atuclave buyumini sobiq prezident Jimmy Carter maqtagan. [9] va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan global sog'liqni saqlash muammolarini hal qiluvchi innovatsion texnologiyalar qatorida namuna sifatida ko'rsatilgan. [10] Cool Comply yaqinda Harvardning eng yirik grantini qo'lga kiritdi. [11]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „innovation.htm“. Iih.mit.edu. 2012-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ „D-Lab | Development through Dialogue, Design and Dissemination“. D-lab.mit.edu. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 Jeffrey Heer, 30 Stanford University. „TR35: José Gómez-Márquez, 32“. Technology Review. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ http://nciia.org/sites/default/files/newsletter_spring_2007.pdf (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) [formatsiz URL PDF]
- ↑ [1] (Wayback Machine saytida October 6, 2010, sanasida arxivlangan)
- ↑ „Take TB Meds, Get Mobile Minutes“. Technology Review. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ „Solar autoclave“. 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Monitor: Taken your medicine?“. The Economist (2009-yil 4-iyun). Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ „Solar Powered Autoclave Praised by Jimmy Carter“. Sterilizers360.com (2009-yil 11-fevral). 2011-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ „WHO | Selected innovative technologies category 2: non-commercialized/isable stage“. Who.int (2011-yil 21-may). 2010-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ „Archived copy“. 2010-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-oktyabr.