Jahongir Qosimov (1958-yil 2-dekabr, Toshkent) – oʻzbek rejissyori[1]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Jahongir Qosimov
Tavalludi 2-dekabr 1958-yil (1958-12-02) (66 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi Kinorejissor, ssenariy muallifi
Faoliyat yillari 1976—hozirgacha
Millati Oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi uylangan
Bolalari 3 ta
Mukofotlari „Oltin ritsar“, „Kumush ritsar“

Taʼlim

tahrir

1984-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. 1977—1979-yillarda Harbiy xizmat oʻtagan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1976-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. 1984—2005-yillarda „Oʻzteleradio kompaniya“ tizimida rejissyor, bosh direktor, eng yuqori toifali rejissyor sifatida ishlagan. „Oʻzteleradio kompaniyasi“ da ishlagan yillarida oʻnlab televizion dasturlar, videofilmlar tayyorlagan. 2004-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida „Dev bilan pakana“, 2007-yilda „18 Kvadrat“, 2009-yilda „Suv oqalab“ toʻliq metrajli badiiy filmlarini suratga olgan. „Oʻzbekkino“da bosh direktor oʻrinbosari, kino-rejissyor. Ingliz, nemis va rus tillarini biladi.

Oilasi

tahrir

Oilali, uch farzandi bor.

Mukofotlar

tahrir

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2005). 2007-yil – „18 kvadrat“ – rejissyor (Moskvadagi „Oltin ritsar“ KFDA Rossiya milliy terrorizmga qarshi qoʻmitasining maxsus mukofoti).

XIX „Oltin ritsar“ xalqaro kinoforumi, (26-may, 2-iyun) „Kumush ritsar“ filmi „Suv“ filmiga Jahongir Qosimov (Oʻzbekiston) tomonidan 2010-yilda taqdim etilgan.

Manbalar

tahrir