Jahongir Xoʻjayev – rejissyor, boshlovchi, bloger va tadbirkor.

Tarjimai holi

tahrir

Jahongir Xoʻjayev 1995-yil 22-avgust kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U Respublika estrada-sirk kollejida estrada aktyorligi fakultetida tahsil olgan va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining rejissura fakultetini tugatgan. Uning onasi, Guli Asalxoʻjayeva, va otasi, Mirkomil Xoʻjayev, sanʼat va madaniyat sohasida faoliyat yuritgan. Uning xolasi, Mavluda Asalxoʻjayeva, mashhur honanda. Jahongir oilada toʻrt farzandning biri hisoblanadi. Oila muhiti va yaqinlarining qoʻllab-quvvatlashi uning ijodiy yoʻliga katta taʼsir koʻrsatgan. Jahongir taekvondo boʻyicha qora belbogʻ sohibi va suzish bilan shugʻullanadi.

Jahongir Xoʻjayev oʻz faoliyatini qisqa metrajli filmlar yaratish va televizion koʻrsatuvlar ustida ishlashdan boshlagan. U „Aristokratlar“ kulgi jamoasi sardori va „Real xit“ koʻrsatuvi boshlovchisi sifatida keng omma eʼtiborini qozongan. Rejissor sifatida „Paygʻambar oshigʻi Hasan“ qisqa metrajli filmini suratga olgan. Uning ijodiy ishlari keng eʼtirof etilgan va koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy Hayoti

tahrir

2022-yil 10-mart kuni Jahongir Xoʻjayev aktrisa Asal Abdullayevaga uylandi. Ularning toʻy marosimi Toshkentdagi „Yakkasaroy“ toʻyxonasida boʻlib oʻtdi va koʻplab taniqli shou-biznes vakillari ishtirok etdi. Hozirda ularning Yasmina ismli qizalogʻi bor va ular baxtli hayot kechirishmoqda.

Shaxsiy biznesi

tahrir

Jahongir Xoʻjayev „Sariq Bola Pizza“ loyihasi orqali oʻz biznesini rivojlantirmoqda. Bu loyiha Jahongirning mashhur „Sariq Bola“ xarakteri orqali yaratilgan va muhlislarga mazali taomlarni taqdim etish hamda koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan. „Sariq Bola Pizza“ Oʻzbekistonda mashhur boʻlib, keng omma eʼtiborini qozongan.

Manbalar

tahrir

.[1] .[2]

  1. „Jahongir Xo`jaev: «Ko`p gapirsam-da, romantikman!»“ (18-iyul 2018). Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  2. „Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi va Asal Abdullayeva aktrisalik faoliyatini to‘xtatishi haqida (video)“ (16-sentabr 2021). Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.