Jake Roberts
Jake Robert — amerikalik kurashchi va aktyor 1995-yil 30-may sanasida Amerika Qoʻshma Shtatida dunyoga kelgan. Uning asl ismi Aurelian Smith. Jake Jahon kurash federatsiyasi bilan shartnoma imzolab, 1986-1992-yillar va 1996-1997-yillar oraligʻida ishlagan. Jake 1993-yilda Milliy kurash ittifoqida, 1992-yilda jahon kurash musobaqasida va 1993-1994-yillar va 1997-yil oraligʻida Meksikada boʻlib oʻtgan Asistensiya Asesoría y Administración musobaqasida ishtirok etgan. Robert oʻzining faoliyati davomida eng yaxshi sportchi, va musobaqa jarayonida mustahkam irodaga ega ekanligi bilan nom qozongan[1]. U tez-tez ringga ilonlardan eng mashxuri pitonni olib chiqardi. U 1999-yilda suratga olingan Beyond the Matt hujjatli filmining asosiy personajlaridan biri boʻlgan.
Jake Roberts | |
---|---|
Roberts 2017-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud sanasi |
1995-yil 30-may Texas shtatining Houston shaxrida(AQSh) |
Faoliyat yillari | 1974-2018-yillar |
Boʻyi | 198 sm |
Vazni | 113kg |
Turmush oʻrtogʻi | Karen Rauschuber(1974-1982-yil, Cheryl Hagood(1984-1997-yillar) Judy Lynn(2006-2011-yillar) |
Yoshlik davri
tahrirAurlian Smith 1995-yilda Texasning Houston shaxrida dunyoga kelgan. Otasi Aurelian „Grizzy“ Smth ham kurashchi boʻlgan. Uning onasi ikkinchi farzandini dunyoga keltirish jarayonida vafot etgan. Robert 1966-yilgacha buvisi bilan yashagan. Buvisi vafotidan soʻng Robert dadasi va oʻgay onasi bilan yashadi. Robertning otasi bilan munosabati yaxshi emas edi, bundan tashqari uning oʻgay onasi Robertga nisbatan ham jismoniy ham ruhiy ziyon yetkazar edi. Robertning oʻgay ukasi Michael Smith va oʻgay singlisi Robin Smith bor edi. Ular ham 1980-yillar oxirida WWE(World Wrestler Federation) ga aʼzo boʻlgan[2].
Faoliyati
tahrirRoberts oʻz xarakterini rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch keldi, shuning uchun 1970-yillarning oxirida u kurash uchun Kanadaga bordi. Stampede Wrestling musobaqasida Roberts Junkyard Dog bilan kurash olib bordi[3][4]. 1983-yil Jorjiya chempionati kurashida Roberts Paul Elleringning „ Legion of Doom“ jamoa aʼzosi boʻlgan va 1984-yilda davom etgan NWA World Television Championship musobaqasida Ron Garvin bilan kurash olib bordi. 1984-yilda Roberts World Class Championship Wrestling (WCCW)ga „Gentleman“ nomi bilan shuxrat qozongan Chris Adams va Gino Hernandez bilan qoʻshildi. 1985-yilda Robert Mid-South Wrestling jamoasiga qaytdi va uning ohirgi jangi Dick Slater bilan boʻlib oʻtdi. Uning Mid-South Wrestling jamoasidagi ohirgi jangi jamiyat uni istedodli deb baholashsa ham hukumat uni yetarli istedodga ega emas deb baholagan vaqtida oʻz nihoyasiga yetdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „The 50 coolest maneuvers of all time“. WWE.
- ↑ Van Der Griend, Blaine „Family Matters In Pro Wrestling“. Slam Wrestling (2009-yil 10-dekabr). 2023-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-iyun.
- ↑ Jim Ross Interviews 'Jake the Snake – Roberts'.Andoza:Dead Youtube links
- ↑ Jake Roberts vs. Big Daddy Ritter – Ladder Match: Stampede, July, 1979.