Jake William Trevor Taylor (talaffuzi: Jeyk Uilyam Trevor Teylor) (1991-yil 1-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Jake Taylor „Stevenage“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Jake Taylor Angliyada tugʻilgan, Uelsni xalqaro miqyosda himoya qiladi.

Jake Taylor
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jake William Trevor Taylor[1]
Tavallud sanasi 1-dekabr 1991-yil (1991-12-01) (32 yosh)
Tavallud joyi Ascot, Angliya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Stevenage
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2009 Reading
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2016 Reading 31 (2)
2011Aldershot Town (ijara) 3 (0)
2011—2012Exeter City (ijara) 30 (3)
2012—2013Cheltenham Town (ijara) 8 (1)
2013Crawley Town (ijara) 4 (0)
2015Leyton Orient (ijara) 3 (0)
2015—2016Motherwell (ijara) 7 (0)
2016—2021 Exeter City 226 (27)
2021 Stevenage 43 (3)
Milliy terma jamoa
2007—2008

Uelsning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
4 (1)
2008—2009

Uelsning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
9 (3)
2010—2012

Uelsning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
10 (0)
2014 Uels milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-iyul uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Reading tahrir

Jake Taylor sakkiz yoshida „Reading“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. 2009—2010-yilgi mavsumda Jake Taylor klub akademiyasi va 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoalari uchun 20 ta gol urgan[2]. Jake Taylor 2010-yil 2-avgustda Madejski stadionida „Northampton Town“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda"Reading" futbol klubining asosiy tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazgan[3].

Aldershot Town tahrir

2011-yil 28-iyulda Jake Taylor (1-avgustdan kuchga kiradigan) „Aldershot Town“ futbol klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshilishga kelishib olindi[4].

Exeter City tahrir

2011-yil 21-sentyabrda Jake Taylor „Exeter City“ futbol klubiga bir oylik ijaraga berildi[5][6].

Cheltenham Town tahrir

2012-yil 22-noyabrda Jake Taylor 2013-yilning 2-yanvarigacha „Cheltenham Town“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshildi[7]. Jake Taylor „Cheltenham“ futbol klubidagi debyut oʻyinini 24-noyabr kuni „Barnet“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[8]. Jake Taylor klubdagi dastlabki faoliyati davomida muntazam ravishda chap qanot pozitsiyasida maydonga tushdi va 2013-yilning 4-yanvarida uning ijara muddati yana bir oyga uzaytirildi[9].

Crawley Town tahrir

Keyingi oy Jake Taylor Birinchi liga vakili „Crawley Town“ futbol klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[10]. Jake Taylor klub safida 2-mart kuni „Bury“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qildi[11].

Reading tahrir

2013-yil 5-oktabrda Jake Taylor „Reading“ futbol klubining asosiy tarkibida „Burnley“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[12].

2014-yil may oyida Jake Taylor klub bilan uchinchi yil varianti bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[13]. Oʻsha mavsumda Jake Taylor „Reding“ klubi uchun birinchi golini „Ipswich“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) kiritdi.

Leyton Orient tahrir

2015-yilning 26-martida Jake Taylor 2014—2015-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun „Leyton Orient“ futbol klubi jamoasiga ijara asosida qoʻshildi[14].

Motherwell tahrir

2015-yilning 11-avgustida Jake Taylor 2015—2016-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Shotlandiya Premer-ligasining „Motherwell“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Jake Taylor 2016-yil yanvarida „Reading“ futbol klubi tomonidan chaqirib olinishidan oldin „Motherwell“ futbol klubi uchun 8 marta maydonga tushgan edi[15][16].

Exeter City tahrir

2016-yilning 25-yanvarida Jake Taylor Ikkinchi liganing „ Exeter City“ futbol klubiga bepul transfer aosida qoʻshildi[17][18]. Jake Taylor 2018—2021-yillarda klub sardori sifatida ishlagan. 2021-yil 12-may kuni Jake Taylor „Exeter“ klubini tark etish niyatida ekanligini eʼlon qildi[19].

Stevenage tahrir

Jake Taylor 2021-yil 21-mayda Ikkinchi liga vakili „Stevenage“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[20].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Reading 2010—2011 Chempionat 1 0 0 0 1 0 2 0
2011—2012 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
2012—2013 Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2013—2014 Chempionat 8 0 1 0 0 0 9 0
2014—2015 Chempionat 22 2 0 0 3 1 12 3
2015—2016 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 31 2 1 0 4 1 0 0 36 3
Aldershot Town (ijara) 2011—2012 Ikkinchi liga 3 0 0 0 1 0 0 0 4 0
Exeter City (ijara) 2011—2012 Birinchi liga 30 3 0 0 0 0 0 0 30 3
Cheltenham Town (ijara) 2012—2013 Ikkinchi liga 8 1 3 0 0 0 0 0 11 1
Crawley Town (ijara) 2012—2013 Birinchi liga 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
Leyton Orient (ijara) 2014—2015 Birinchi liga 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Motherwell (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Premer ligasi 7 0 0 0 1 0 8 0
Exeter City 2015—2016 Ikkinchi liga 16 4 0 0 0 0 0 0 16 4
2016—2017 Ikkinchi liga 43 4 1 0 2 1 5 0 51 5
2017—2018 Ikkinchi liga 44 8 4 0 1 0 5 0 54 8
2018—2019 Ikkinchi liga 46 3 1 0 2 0 0 0 49 3
2019—2020 Ikkinchi liga 33 2 2 0 0 0 8 1 43 3
2020—2021 Ikkinchi liga 44 6 3 0 1 0 2 0 50 6
Jami 226 27 11 0 6 1 20 1 263 29
Jami 312 33 15 0 12 2 20 1 359 36

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Uels milliy futbol terma jamoasi 2014-yil 1 0
Jami 1 0

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Exeter City“. English Football League. Qaraldi: 21-sentabr 2020-yil.
  2. „Teenager Taylor targets big season ahead“. Reading Chronicle (10-may 2010-yil). 19-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2010-yil.
  3. „Reading 3–3 Northampton“. BBC Sport (24-avgust 2010-yil). Qaraldi: 26-avgust 2010-yil.
  4. „Taylor in on loan“. Aldershot Town F.C (28-iyul 2011-yil). 2012-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2011-yil.
  5. „Exeter City sign Reading's Jake Taylor on a month's loan“. BBC Sport. Qaraldi: 4-noyabr 2012-yil.
  6. „Exeter City extend Reading winger Jake Taylor's loan again“. BBC Sport. Qaraldi: 4-noyabr 2012-yil.
  7. „Reading duo sign“. Cheltenham Town F.C. Qaraldi: 22-noyabr 2012-yil.
  8. „Cheltenham 4–0 Wycombe“. BBC Sport. Qaraldi: 27-dekabr 2012-yil.
  9. „Another month for Jake“. Cheltenham Town F.C. Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  10. „Reds sign Taylor“. Crawley Town F.C. 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013-yil.
  11. „Boss praises 'fantastic' Reds“. Crawley Town F.C. 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2013-yil.
  12. „League leaders seal win“. Reading F.C. Qaraldi: 5-oktabr 2013-yil.
  13. „Taylor and Hector agree deals“. Reading F.C. Qaraldi: 30-may 2014-yil.
  14. „Taylor joins Leyton Orient on loan“. Reading F.C (26-mart 2015-yil).
  15. „Midfielder Jake Taylor signs on loan“. Motherwell F.C. (11-avgust 2015-yil). 2015-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  16. „Taylor loaned to the SPFL“. Reading F.C. (11-avgust 2015-yil). Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  17. „Midfielder Jake Taylor joins Exeter City on free transfer from Reading“. BBC Sport (25-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2016-yil.
  18. „Jake Taylor joins Exeter City“. Reading F.C. (25-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2016-yil.
  19. „❤️ Thank You Jake Taylor“ (en-gb). www.exetercityfc.co.uk. Qaraldi: 12-may 2021-yil.
  20. „Jake Taylor: Stevenage sign Exeter City captain“. BBC Sport (21-may 2021-yil). Qaraldi: 21-may 2021-yil.