Jaloliddin Manguberdi haykali Xorazmshohlar davlati sarkardasi Jaloliddin Manguberdi sharafiga qoʻyilgan yangi haykal. Ushbu haykal bronzadan yasalgan boʻlib, Xorazm viloyati Urganch shahrida qad koʻtargan. Haykal oldida esa Qur’on oyatlari, Jaloliddin Manguberdi shajarasi yozilgan bitiktosh ham oʻrnatilgan[1]. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasini barpo qilish va yangi tunnel qurish taklifi aytib oʻtilgan edi. Yangidan majmua barpo etish, majmuaning markazida Jaloliddin Manguberdi haykalining oʻrnatilishi esa 2021-yilning yanvar oyida maʼlum qilingan edi[2]. Loyihaga asosan, Xorazm viloyati Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasi bunyod etiladi. Ushbu haykalning ochilish marosimi 2022-yil 29-avgust kunida boʻlib oʻtadi. Majmuaning tantanali ochilish marosimiga esa prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyuradi. Viloyat faollari, jamoatchilik vakillari ishtirokida haykalning ochilish tadbiri oʻtkaziladi. Bu majmua Urganch shahar Al-Xorazmiy va Islom Karimov koʻchalarining kesishmasida joylashgan boʻlib, uning maydoni baʼzi manbalarda qariyb 8 gektarni, baʼzi manbalarda esa 10 gektarni[3] tashkil qilishi aytilgan. Barpo etilgan majmuadagi haykal balandligi esa 25 metrdan iboratdir[4]. Ushbu baland haykalda oʻz tulpori jilovini mahkam tutib, yurt himoyasiga otlangan sarkarda siymosi tasvirlanadi. Rossiyaning Podmoskovye hududidagi mutaxassislar tomonidan yasalgan bu haykal oldida bitiktosh ham oʻrnatilgandir. Bu bitiktosh Jaloliddin Manguberdi bitiktoshining nusxasi hisoblanadi. Bunda Qur’on oyatlari, Jaloliddin Manguberdi shajarasi ham yozilgandir. Asl nusxasi esa bugungi kunda London shahridagi mashhur boʻlgan Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Erondan topilgan bu bitiktoshning ogʻirligi 32 kg, balandligi esa 30 santimetrni tashkil etadi. Shuningdek, majmua ostidan transport vositalari oʻtadigan yangi tunnel ham qurilgan boʻlib, ushbu tunnel mamlakatdagi bosh maydon ostidan oʻtgan ilk tunneldir[5]. Shuni ham aytish joizki, mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberdi sharafiga ikki marotaba haykal oʻrnatilgandir. Dastlabki haykal 1999-yilda yasalgan boʻlib, Urganch shahrining Al-Xorazmiy koʻchasida qad koʻtargan. Bu haykal keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan, davlat muhofazasiga olingan[6][7].

Jaloliddin Manguberdi haykali
Joylashuv Urganch, Xorazm, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Bagʻishlangan Jaloliddin Manguberdi
Turi Monumental sanʼat yodgorligi
Material bronza
Ochilish sanasi 2022-yil 29-avgust
Xarita

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

1.Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimi (2022-yil)