James Webb kosmik teleskopi
Jeyms Uebb kosmik teleskopi (JWST) infraqizil spektrdagi astronomiya uchun moʻljallangan maxsus kosmik teleskopdir . Udagi yuqori aniqlikdagi va oʻta sezgir qurilmalar, Hubble kosmik teleskopi uchun kuzatish juda qiyin boʻlgan, eng qadimiy, uzoq masofadagi zaif ob’ektlarni koʻrish imkonini beradi.[1] Bu astronomiya va kosmologiyaning koʻplab sohalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish imkonini beradi, masalan, dastlabki yulduzlarni kuzatish va dastlabki galaktikalarning shakllanishi va yashab qolish imkoni yuqori boʻlgan ekzosayyoralar atmosferasining batafsil tavsifi.[2][3][4]
Webb 2021-yil 25-dekabrda Fransiya Gvianasining Kuru shahridan Ariane 5 raketasida uchirilgan va 2022-yil yanvar oyida Quyosh-Yer L 2 Lagrange nuqtasiga yetib kelgan. James Webbning ilk surati 2022-yil 11-iyulda matbuot anjumani orqali ommaga eʼlon qilingan [5]
Webbning asosiy oynasi oltin bilan qoplangan berilliydan yasalgan va 18 ta olti burchakli oyna segmentlaridan iborat boʻlib, 2.4 m (7 ft 10 in) diametrli Hubble bilan solishtirganda ular birgalikda 6.5-metr-diameterli (21 ft) koʻzguni hosil qiladi, . Bu Webbga taxminan 25 kvadrat metrli yorugʻlik yigʻish maydonini hosil qilish imkonini beradi, bu Hubblenikidan olti marta katta hisoblanadi. Yaqin ultrabinafsha, koʻrinadigan (0,1 dan 0,8 gacha) mkm) va yaqin infraqizil (0,8-2,5 μm) [6] spektrlarda kuzatish olib boruvchi Habbldan farqli oʻlaroq, Webb pastroq chastota diapazoni, yaʼni, uzun toʻlqin uzunlikga ega koʻrinadigan yorugʻlikdan (qizil) oʻrta infraqizilgacha (0,6-28,3 μm) kuzatadi. Teleskop juda sovuq, 50 K (−223 °C; −370 °F) dan past haroratda saqlanishi kerak, shunda teleskopning oʻzi chiqaradigan infraqizil yorugʻlik toʻplangan yorugʻlikka toʻsqinlik qilmaydi. U Quyosh-Yer L 2 Lagrange nuqtasi yaqinidagi quyosh orbitasida joylashtirilgan boʻlib, u Yerdan taxminan 1.5 million kilometr (930,000 mi) masofada. Uning besh qavatli quyosh pardasi uni Quyosh, Yer va Oyning taʼsirida isishladan himoya qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Moskowitz, Clara. „How JWST Is Changing Our View of the Universe – The James Webb Space Telescope has sparked a new era in astronomy“. Scientific American (2022-yil 1-dekabr). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
- ↑ Overbye, Dennis. „How the Webb Telescope Expanded My Universe – As new images of Jupiter and a galactic survey spring forth from NASA's new observatory, our cosmic affairs correspondent confesses he didn't anticipate their power.“. The New York Times (2022-yil 23-avgust). 2022-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
- ↑ Achenbach, Joel. „The Webb telescope is astonishing. But the universe is even more so – This new tool can't do everything, but it's capturing some of the first light emitted after the big bang, and that is already revealing wonders“. The Washington Post (2022-yil 5-avgust). 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ O'Callaghan, Jonathan. „JWST Heralds a New Dawn for Exoplanet Science – The James Webb Space Telescope is opening an exciting new chapter in the study of exoplanets and the search for life beyond Earth“. Scientific American (2023-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ Fisher. „President Biden Reveals First Image from NASA's Webb Telescope“. NASA (2022-yil 11-iyul). 2022-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
- ↑ „Comparison: Webb vs Hubble Telescope – Webb/NASA“ (en). www.jwst.nasa.gov. 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |