Jamgʻarmalar
Jamgʻarmalar — 1) harajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoʻyish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoʻli bilan kapital qoʻyilmalarni pul koʻrinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni maʼlum bir maqsad yoʻlida foydalanish uchun jalb etish (maye, pensiya jamgʻarmasi, investitsiya jamgʻarmasi); 5) maʼlum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan tashkilot (qarang Ijtimoiy jamgʻarmalar); 6) aksiyalar nazorat paketini qoʻlga kiritish maqsadida, narxiga taʼsir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |