Jamil Mufidzade
Jamil Miryusif oʻgʻli Mufidzade (ozarbayjoncha: Cəmil Miryusif oğlu Müfidzadə, 1934-yil 24-fevral — 2019-yil 20-dekabr) — ozarbayjonlik rassom. U shuningdek, Ozarbayjon xalq artisti (2002) hamdir[1].
Jamil Mufidzade | |
---|---|
Cəmil Müfidzadə | |
Tavalludi |
24-fevral 1934-yil Ordubad, Naxichevan ASSR, Ozarbayjon SSR, |
Vafoti |
20-dekabr 2019-yil (85 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR va Ozarbayjon |
Kasbi | rassom |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirJamil Mufidzoda 1934-yil 24-fevralda Ordubad shahrida tugʻilgan. 1948-1955-yillarda Azim Azimzoda nomidagi Boku rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. Keyinchalik rassom 1955-1956-yillarda Ukrainadagi Kiyev oʻrta rassomlik maktabini, 1959-1962-yillarda Xarkov davlat rassomlik institutining grafika fakultetini tamomlagan[2].
Ozarbayjon Davlat Tasviriy sanʼat Akademiyasining grafika boʻlimini boshqargan Jamil Mufidzoda „Etching“ darsligi muallifi hisoblanadi.
Xalq rassomining shaxsiy koʻrgazmalari Polsha (1972), Ozarbayjon (1977, 1985, 1986, 1994, 2006, 2009), Rossiya (1977), Eron (1992, 2003), Fransiya (1991) va Turkiyada (1998) tashkil etilgan. Jamil Mufidzoda asarlari Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi, Ozarbayjon Davlat sanʼat galereyasi, Sharq xalqlari davlat muzeyi, Gorkiy muzeyi, Lyudvig muzeyi, Zanabazar tasviriy sanʼat muzeyi, Fransiya va boshqa mamlakatlarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanmoqda[3].
Faoliyati
tahrirRassom tomonidan yaratilgan „Doğma düzənlər“ (Vatan manzaralari) turkum gʻoyalari 1959-yilda Ozarbayjon adabiyoti va sanʼati oʻn kunligi doirasida Moskvada oʻtkazilgan tasviriy sanʼat koʻrgazmasida namoyish etilgan. 1961-yilda III Butunittifoq koʻrgazmasida (Moskva) „Qaldırıcı kranlar təmirdə“ (Taʼmirdagi yuk koʻtaruvchi kranlar) oʻymakorlik ishi bilan ishtirok etgan[2].
1967-yilda Bokuda tashkil etilgan milliy koʻrgazmada „Azərbaycanın qədim memarlıq abidələri“ (Ozarbayjonning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari) nomi ostida uning dastlabki 4 ta aralash ishi namoyish etilgan. Jamil Mufidzodaning aralash suratlardan tarkib topgan „Abşeron nefti“ (Absheron nefti) turkumi 1967-1975-yillarda chizilgan suratlarni qamrab oladi. Bu turkumga misol tariqasida „Bakı-neft paytaxtıdır“ (Boku — neft poytaxti), „Abşeron nefti“ (Absheron nefti), „Çənlər parkı“ (Tank parki), aralash surat materiallariga esa „Neft ehramı“ (Neft piramidasi), „Neft saxlancı“ (Neft ombori), „Neft mədənlərində“ (Neft konlarida) kabilarni keltirish mumkin.
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Soltanlı, S.. "Dünyanın 4/5-ü" rəssamın fotolarında: [Xalq rəssamı Cəmil Müfidzadənin eyniadlı kitabı haqqında]. Mədəniyyət, 2015.
- ↑ 2,0 2,1 „Xalq rəssamı Cəmil Müfidzadə vəfat edib“ (az). 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ „"Cizgilərə hopan ömür" Xalq rəssamı Cəmil Müfidzadənin 80 illik yubiley sərgisi“ (az). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ „Xalq rəssamı Cəmil Müfidzadə vəfat edib“ (az). 2020-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ „Təsviri sənət xadimlərinə Azərbaycan Respublikası fəxri adlarının verilməsi haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN FƏRMANI“ (az). 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ „Respublika təsviri sənət xadimlərinə Azərbaycan SSR fəxri adları verilməsi haqqında Azərbaycan SSR Ali Soveti Rəyasət Heyətinin 1 dekаbr 1982-ci il tarixli Fərmanı“ (az). 2020-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.