Jamiya Binariya
Jamiya Binoriya Aalamiya – Pokistonning Sind shtatidagi Karachi shahridagi islom taʼlim muassasasi. U eng zamonaviy madrasalardan biri hisoblanadi[1][2][3]. Noman Naim seminariya direktori (kansleri) hisoblanadi.
الجامعۃ البنوریۃ العالمیۃ | |
Asos solingan sanasi | 1979 |
---|---|
Prezidenti | Noman Naim |
Rektori | Farhan Naim |
Talabalari | 8000 |
Manzili |
Sindh, , Karachi , Pokiston |
Kampusi | 12 akr (4.9 ga) |
Veb-sayti | www.binoria.org binoria.org www.binoria.org |
Tarixi
tahrirJamiya Binoriya muftiy Muhammad Naim tomonidan 1978-yilda (hijriy 1398-yil rajab oyida) asos solingan[4][5]. U beshta diniy taʼlim kengashlaridan iborat Ittehad Tanzimatul Madaris-e-Deeniya (ITMD) konfederatsiyasiga bogʻlangan. Bir vaqtlar Jamiya Binoriya Pokistonda eng koʻp chet ellik talabalarni qabul qilgani aytiladi. Xalqaro roʻyxatga olish 2001-yil 11-sentyabr xurujlaridan keyin kamaygan[6]. 2005-yilda unda 3000 ga yaqin erkak va 500 nafar qiz talabalar, shu jumladan AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Sharqiy Osiyodan kelgan talabalar bor edi[6]. Jamiya Binoriyada ayollar uchun ifta kurslari ham bor, keyin ularni „muftiy“ (ayol muftiylar) deb ataydi[7].
2020-yil 23-iyunda Noman Naim otasi muftiy Muhammad Naimning 2020-yil 20-iyunda vafotidan soʻng seminariya rektori (yoki direktori) etib tayinlangan.
Boʻlimlari
tahrirJamiya Binariya quyidagi boʻlimlarga ega:
- Maʼmuriyat boʻlimi
- Kompyuter boʻlimi
- Dar-ul-ifta boʻlimi
- Dars va Nizomiy kafedrasi (Olim kursi)
- Hifz-ul-Qur’on boʻlimi
- Nashr boʻlimi
- Tajvid-ul-Qur’on boʻlimi
- Taxassus boʻlimi (muftiylik kursi)
- Madrasa-tul-Banat (ayollar boʻlimi)
- IT boʻlimi (Binoria IT Solutions)
- Media boʻlimi (Binoria Media)[8]
- Mablagʻ yigʻish boʻlimi (Call Center)[sayt ishlamaydi]
Kanslerlari
tahrir- Muftiy Muhammad Naim (2020-yil 20-iyunda vafot etgan).
- Noman Naim (2020-yil 23 iyun – amaldagi)[9].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Renowned religious scholar Mufti Naeem passes away in Karachi“ (en). The Express Tribune (2020-yil 20-iyun). Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
- ↑ „'Terror' school turns out to be moderate madrassa - CNN.com“. edition.cnn.com. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
- ↑ „Inside a madrassa in Pakistan | Pakistan Today“. archive.pakistantoday.com.pk. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
- ↑ Karachi in the Twenty-First Century: Political, Social, Economic and Security Dimensions. Cambridge Scholars, 22 February 2016. ISBN 9781443889346.
- ↑ „Introduction to Jamia Binoria“. Jamia Binoria. 2004-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 6,0 6,1 'Madrassas ask for foreign supportʼ BBC News, 2 September 2005
- ↑ „Remembering Mufti Naeem of Jamia Binoria“ (2020-yil iyul).
- ↑ https://binoria.org/binoria-it-department/
- ↑ Zia Ur Rehman. „Mufti Naeem's son Sheikh Noman to head Jamia Binoria as new principal“. thenews.com.pk (2020-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.