Jamiya Darussalom – arab kolleji, 1924-yilda Kaka Muhammad Umer tomonidan Umerobodda tashkil etilgan. Jamiya Darussalom Hindiston janubidagi islomiy muassasasi hisoblanadi.

Jamiya Darussalom

Muassasaning holati
Asl nomi جامعة دارالسلام عمرآباد
Shiori والله يدعو الي دارالسلام
Asos solingan 7-dekabr 1924-yil
Oʻquv yurti turi Islom universiteti
Talabalari 1500+
Manzili Umerabad, Tamil Nadu

Tarixi tahrir

Jamiya Darussalom – hayvon terisi savdosi bilan shugʻulanuvchi savdogar Kaka Muhammad Umer[1] tomonidan asos solingan islom universiteti boʻlib, u 1924-yil 7-dekabrda Umerobod deb nomlangan yangi tashkil etilgan qishloqda ushbu muassasaga asos solgan. U musulmonlar va umuman mamlakatning diniy, taʼlim, islohot va farovonlik ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilishini niyat qilgan.

Taʼlim tizimi tahrir

Jamiya Darussalom turli islom fanlari boʻyicha taʼlim beradi. U aspirantura, bakalavriatdarajasi, diplom va sertifikat beruvchi turli kurslarda oʻqishlikni taklif etadi. JDSA toʻrt tilda oʻqitish imkoniga ega: fors, arab, ingliz va urdu tillari. Shuningdek, Qur’on yodlash boʻyicha treninglar ham mavjud.

Taniqli bitiruvchilari tahrir

  • Jaloliddin Umriy (Jamoat-i Islomiy Hind sobiq amiri)
  • Ziyo-ar-Rahmon Azmiy (Muhadis-al-asor, muallif, olim, professor va Madina Islom universiteti Hadis kafedrasi sobiq dekani)
  • Doktor Muhammad Xon Umri (Jamia Millia Islamia, Islomshunoslik kafedrasi assistenti, Nyu-Dehli
  • Hafiz ur Rahmon Azami Umri Madaniy (Jamiya Darussalomning sobiq direktori, Umerobod)

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. More, J. B. Prashant. The political evolution of Muslims in Tamilnadu and Madras, 1930-1947. Hyderabad, India: Orient Longman, 1997 — 57 bet. ISBN 81-250-1011-4.