Jamiya Tavakkuliya Renga madrasasi
Jamiya Tavakkuliya Renga (arabcha: الجامعة التوکلية رنغا), yoki oddiygina Renga madrasasi (bengalcha: রেঙ্গা মাদ্রাসা), hududdagi mashxur madrasa boʻlib[1][2], Moʻgʻla Bozor yaqinidagi Renga qishlogʻida, Janubiy Surma Upazila shahrida, Silxetdan taxminan 13 kilometr (8.1 mi) uzoqlikda joylashgan[3][4].
Jamiya Tavakkuliya Renga madrasasi | |
---|---|
Asl nomi | bengalcha: রেঙ্গা মাদ্রাসা |
Asos solingan | 1919-yil |
Oʻquv yurti turi | Islomiy universitet |
Sohasi | islom |
Talabalari | 1500 |
Manzili | Renga, Mogla Bazar, South Surma, Sylhet tumani, |
Koordinatalari: 24°47′20.400000000005″N 91°54′28.800000000005″E / 24.78900000000000148°N 91.90800000000000125°E G O
Tarixi tahrir
Madrasaga 1919-yilda Mavlono Shoh Arkan Ali tomonidan asos solingan. Keyin u Husayn Ahmad Madaniyning mufassiri va xalifasi boʻlgan oʻgʻli Mavlono Badrul Alam Shayx-e-Renga boshchiligida rivojlangan, Mavlono Sikandar Ali esa direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Alloma Qamaruddin madrasaning birinchi shayxul hadisi etib tayinlangan va u ikki yil xizmat qilgan. Ikkinchi Shayxul Hadis Abdulkarim Kuriyaning xalifasi, 47 yil xizmat qilgan Alloma Shihobuddin edi. Madrasaning uchinchi mudiri 1977-yildan 2012-yilgacha xizmat qilgan Mavlono Shamsul Islom Xalil ibn Shayx-i-Renga hisoblanadi. Uning oʻrniga akasi Mavlono Muhiul Islom Burhon ibn Shayx-e-Renga oʻtirgan, u hozirgi rahbardir[5].
Taʼlim darajalari tahrir
Jamiya boshlangʻich, oʻrta, oliy yuqori, bakalavriat va oliy oʻquv yurtidan keyingi islomiy taʼlim kurslarini taklif etadi[1][6].
Talabalar va xodimlar tahrir
2015-yil holatiga koʻra, 42 nafar xodim (akademik va maʼmuriy birlashgan) madrasada faoliyat olib boradi[7].
Manbalar tahrir
- ↑ 1,0 1,1 „Jamia Tawakkulia Renga Madrasah - BizBangladesh.com“. www.bizbangladesh.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ Hoque. „Jamia Tawakkulia Renga Madrasah“ (en). sylhetdirectory.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ Jamia Tawakkulia Renga Madrasah (Darul Hadith). Wikimapia.org. Retrieved on 2013-04-17.
- ↑ Prekkha.com. „Jamia Tawakkulia Renga Madrasah – In "Sylhet" – Education / Madrasa – Prekkha.com“. www.prekkha.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ „Jamia Tawakkulia Renga at a Glance (page 1)“. Jamia Tawakkulia Renga. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Muslims Internet Directory: Jamia Tawakkulia Renga Madrasah“. www.2muslims.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ „Jamia Tawakkulia Renga at a Glance (page 2)“. Jamia Tawakkulia Renga. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.