Jamol Abulfazl ibn Muhammad ibn Umar ibn Xolid al-Qarshi (1230, Olmaliq — 1315, oʻsha yerda) — turkiy tarixchi va yozuvchi.

Tarjimayi holi

tahrir

1230-yilda Olmaliq (tarixiy shahar)da tugʻilgan. Muhammad Haydar Dugʻlotiyning yozishicha, Jamol Qarshiyning otalari bolasogʻunlik hofiz, onasi marvlik boʻlgan. Boshlangʻich ta’limni Olmaliqda olgach, Gʻazna va Hirot hukmdori Sulton Mahmud az-Zuvaliy xizmatiga kiradi. U Chigʻatoy ulusining davlat devonxonasida xizmat qilgan.

Jamol Qarshiy uzoq vaqt davomida turli shaharlar hukmdorlari tomonidan homiylik qilingan, shu tufayli u Qarshi (moʻgʻulchadan — saroy aʼzosi) nomi bilan mashhur boʻlgan. U Olmaliq amiri vorisining otabeki edi.

Asarlari

tahrir

Jamol Qarshining ilk asari Abu-Nasr al-Javhariyning “As-Sihoh” lugʻati asosida yozilgan “As-suroh min as-sihoh” arabcha-forscha lugʻatdir. Ushbu lugʻatga sharh boʻlmish “Al-mulhaqot bi-s-suroh” Chigʻatoy ulusi mavjudligining dastlabki yillari haqida muhim manbadir.

Adabiyot

tahrir
  • Абусеитова М. Х. (сост.) История Казахстана в персидских источниках. Том 1. Джамал ал-Карши. Алматы: Дайк-Пресс, 2005. — 410 с.