Kamol Davlatovich Jamolov (1920.15.7 — Buxoro tumani — 1977.8.11) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1940-yildan armiyada, 1943-yil martdan frontda. Dastlab 8-tank diviziyasi, 8-ponton batalonida pontonchi, soʻngra 129-alohida injenersapyorlar bataloni (Dasht fronti 7-gvardiyachi armiyaning 8-injenersapyorlar brigadasi)da sapyor. Jamolov Poltava viloyati Kremenchug shahrining janubi-sharqida Dnepr daryosidan pontonda jangchilarni sohilga olib oʻtishda jasorat koʻrsatganligi uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943.26.10).[1]

Kamol Jamolov
Tavalludi 15-iyul 1920-yil
Buxoro tumani
Vafoti 8-noyabr 1977-yil
Buxoro tumani
Xizmatdagi yillari 1940 — 1945
Unvoni Serjant
Harbiy  qism 129-alohida injenersapyorlar bataloni
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil