Jamshid Shoshiy (toʻliq ismi Ahmad ibn Mahmud ibn Ahmad) (XIV asr) — olim va xattot. Shoshda tugʻilgan. Mashhur olim Muhammad Taftazoniydan tahsil olgan. Uning „Talmih fi kashf al-asror at-tavzih“ kitobiga hoshiya yozgan.

Jamshid Shoshiy
Tavalludi XIV asr
Shosh (hozirgi Toshkent)
Sohasi Xattot

Shuningdek, Az-Zamaxshariyning „Kashshof an haqoyiq at-tanzil“ asarini nasx xati bilan koʻchirgan (1358). Bu asarlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda[1].

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.