Jandarbek Malibekovich Malibekov (qoz. Жандарбек Мәлібекұлы Мәлібеков; 1942-yil 24-martda tugʻilgan, Yangiqoʻrgʻon tumani, Qiziloʻrda viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR) — qozoq rassomi va arxitektori. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arxitektor , Qozog‘iston Respublikasi Davlat gerbi muallifi.

Tarjimai holi

tahrir

1942-yil 24-martda Qiziloʻrda viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida Ekpindi qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutining arxitektura fakultetini tamomlagan. Loyihalar bosh arxitektori, O‘zbekiston sanoat ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zSITI) shaharsozlik ustaxonasi rahbari. Andijon shahridagi aerovokzalni, Farg‘ona shahrida viloyat pochtasi binolarini, Samarqand shahridagi viloyat hokimligi, drama teatri, markaziy kutubxona binolarini hamda Angren, Farg‘ona va Samarqand shaharlaridagi bir qator turar-joy mikrorayonlarini loyihalashtirishda faol ishtirok etgan. Davlat ramzlari boʻyicha Respublika komissiyasi aʼzosi. 2003-yildan L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida ishlab kelmoqda.

Mukofotlari

tahrir

• 2022-yil (18-mart) — 1-darajali „Baris“ ordeni; • Qozog‘iston Respublikasining adabiyot, san’at va arxitektura sohasidagi Davlat mukofoti • Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-dekabrdagi farmoni bilan „Kurmet“ ordeni bilan taqdirlangan. • „Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil“ medali (2001) • „Qozog‘iston mehnat faxriysi“ medali (2017) • „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan arxitektor“ faxriy unvoni • „Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan arbob“ faxriy unvoni (2017) • Qozog‘iston Respublikasining madaniyat va san’at sohasidagi davlat stipendiyasi (2018)