Janhvi Kapur (talaffuzi: Janhvi Kapur; 1997-yil 6-martda tugʻilgan) — hind filmlarida suratga tushuvchi hind aktrisasi. Sridevi va Boney Kapoor oilasida tugʻilgan Kapoor, 2018-yilda Dhadak romantik dramasi bilan aktrisalik debyutini qilgan, bu film muvaffaqiyatiga erishgan. Kapoor Gunjan Saksena: The Kargil Girl (2020) biopik filmida titulli uchuvchi rolini ijro etgani uchun Filmfare mukofotida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.

Janhvi Kapoor
Tavalludi 6-mart 1997-yil (1997-03-06) (27 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Actress
Faoliyat yillari 2018-hozirgi kungacha
Otasi Boney Kapoor
Onasi Sridevi

Yoshlik davri tahrir

Janhvi Kapoor 1997-yil 6-martda tug‘ilgan.[1][2] Uning otasi Boni Kapoor, marhum rejissyor Surinder Kapoorning oʻgʻli va Anil Kapoor Films kompaniyasi asoschisi.[3] Uning onasi telugu, tamil va hind filmlarida suratga tushgan aktrisa Sridevi xonim. U kino aktyorlari Anil Kapoor va Sanjay Kapoorning jiyani.[4] Kapoorning Kxushi ismli singlisi[5] va otasining birinchi nikohidan boʻlgan ikki oʻgay aktyor Arjun Kapoor va Anshula Kapoor ismli ukalari bor.[6] Kapoor 21 yoshida onasini yoʻqotdi, u Dubaydagi (Birlashgan Arab Amirliklari) Jumeirah Emirates Towers mehmonxonasidagi suv havzasida tasodifan choʻkib ketib, oʻlik holda topilgan.[7]

Faoliyati tahrir

 
Kapoor 2018-yilda

Kapoor oʻzining aktrisalik debyutini 2018-yilda Shashank Khaitan tomonidan suratga olingan Dhadak ishqiy filmida, Ishan Xatter bilan juftlikda rol ijrosi bilan qilgan. 2016-yilda suratga olingan Marathi filmi Sairatning hind tilidagi talqinida quyi sinfdagi bola (Xatter o‘ynagan) bilan qochib ketganidan keyin hayoti fojiali bo‘lgan yosh yuqori sinf (boy) qiz sifatida tasvirlangan. Film asosan salbiy baholarga sazovor boʻlgan[8], lekin butun dunyo boʻylab 1,1 milliard daromad bilan u tijorat muvaffaqiyatiga erishdi.[9][10] U eng yaxshi ayol debyuti uchun Zee Cine mukofotini qoʻlga kiritgan.[11] Xuddi shu yili kosmetika brendi Nykaa Kapoorni oʻzlarining brend elchisi etib tanladi.[12]

2021-yilda Kapoor Roohi komediya qoʻrqinchli filmida Rajkummar Rao bilan juftlikda ikki obrazda rol ijro etgan.[13] Film COVID-19 pandemiyasining ikkinchi toʻlqini tufayli bir necha kechikishlardan soʻng kinoteatrlarda namoyish etildi.[14] Film va Kapoorning ijrosi tanqidchilardan yomon baho oldi[15] va kassada yomon natija koʻrsatdi.[16]

Filmografiyasi tahrir

Filmlar tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Manba
2018 Dhadak Parthavi Singh Rathore [17]
2020 Ghost Stories Sameera [18]
Gunjan Saxena: The Kargil Girl Gunjan Saxena [19]
2021 Roohi Roohi Arora / Afzana Bedi [20]
2022 Good Luck Jerry Jaya „Jerry“ Kumari Tugallangan [21]
Mili Mili Tugallangan [22]
Mr And Mrs Mahi Mahima Mahi Suratga olinmoqda [23]
2023 Bawaal TBA Suratga olinmoqda [24]

Musiqiy video tahrir

Yil Sarlavha Xonanda(lar) Bastakor Izohlar Manba
2020 „Kudi Nu Nachne De“ Vishal Dadlani, Sachin-Jigar Sachin-Jigar, Tanishk bogchi Angrezi Medium uchun reklama qoʻshigʻi [25]

Yana qarang tahrir

  • Bollivud aktrisalari roʻyxati

Manbalar tahrir

  1. „Anshula Kapoor shares a glimpse of Janhvi Kapoor's birthday celebrations. Watch video“. India Today (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  2. „Janhvi Kapoor shares a throwback picture of Boney Kapoor and late Sridevi“. Business Standard (2019-yil 2-iyun).
  3. „Sonam Kapoor: My love life has been unsuccessful“. Gulf News (2013-yil 18-iyun). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-oktyabr.
  4. N. „Sonam is a better actor than Anil“. Rediff.com (2009-yil 4-may). 2011-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-avgust.
  5. Lavanya. „Sridevi's "Khushi"“. Chennai Online. 2001-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  6. „Arjun Kapoor, Khushi, Anshula come together for father Boney Kapoor at Maidaan mahurat ceremony. See pics“. Hindustan Times (2019-yil 22-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  7. „Reports: Bollywood icon Sridevi dies aged 54“. Al Jazeera. 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
  8. „Dhadak: Critics give film thumbs down“. Gulf News (2018-yil 21-iyul). Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  9. „The Real Winner With Dhadak“. Box Office India (2018-yil 25-iyul). 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  10. „Box Office: Worldwide Collections and Day wise breakup of Dhadak“. Bollywood Hungama. 2018-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  11. „Zee Cine Awards full winners list: Ranbir Kapoor and Deepika Padukone win big“. India Today (2019-yil 20-mart). Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  12. „Girls should be unapologetic about what they want: Janhvi Kapoor“. Business Standard (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  13. „Janhvi Kapoor a sincere and hardworking actor: Rajkummar Rao on Rooh-Afza co-star“. The New Indian Express (2019-yil 14-iyul). Qaraldi: 2019-yil 25-iyul.
  14. „Rajkummar Rao, Janhvi Kapoor, Varun Sharma's horror-comedy renamed Roohi, film to release on March 11 in theatres“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 2021-yil 14-fevral.
  15. „Roohi movie review and release LIVE UPDATES: Janhvi, Rajkummar Rao film fails to impress“. The Indian Express (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
  16. „Roohi Box Office“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  17. „Dhadak first look: Janhvi Kapoor has Sridevi's charm and Ishaan Khatter is Bollywood's next chocolate boy“. The Indian Express. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
  18. „Mrunal Thakur, Avinash Tiwary to star in Karan Johar's Ghost Stories“. India Today (2019-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  19. „Janhvi Kapoor Starrer Gunjan Saxena The Kargil Girl to Release on Netflix“. News18 (2020-yil 9-iyun).
  20. „Janhvi Kapoor, Rajkummar Rao's Roohi Afza Titled Changed Again to Roohi Afzana“. News18 (2020-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  21. „Janhvi Kapoor announces Good Luck Jerry's wrap with aesthetic pictures from the set“. Bollywood Hungama (2021-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  22. „Janhvi Kapoor Wraps Up Filming ‘Mili’, Pens Down Heartfelt Note For Boney Kapoor: ‘My First Film With Papa’“. ABP News (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-noyabr.
  23. „Rajkummar Rao and Janhvi Kapoor starrer Mr. and Mrs. Mahi goes on floors in Mumbai“. Bollywood Hungama (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  24. „Sajid Nadiadwala’s Bawaal starring Varun Dhawan and Janhvi Kapoor goes on floors“. Bollywood Hungama (2022-yil 10-aprel). Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
  25. „Angrezi Medium Song Kudi Nu Nachne De: Alia Bhatt, Katrina Kaif And Anushka Sharma Will Set Your Mood For The Week“. NDTV (2020-yil 4-mart). 2020-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-mart.