Janna Friske
Janna Vladimirovna Friske (qizlik familiyasi Kopilova[1]; 1974-yil 8-iyul, Moskva, SSSR – 2015-yil 15-iyun, Balashixa[2], Moskva viloyati, Rossiya) – rossiyalik estrada xonandasi, teleboshlovchi va kino aktrisa. 1996-yildan 2003-yilgacha „Blestyashchiye“ guruhining qoʻshiqchisi. Yakkaxon faoliyati 2003-yildan 2013-yilgacha davom etgan. „Pesnya goda“ festivali laureati[3][4].
Janna Friske ruscha: Жанна Владимировна Фриске | |
---|---|
Tavalludi |
Janna Vladimirovna Kopilova ruscha: Жанна Владимировна Копылова 8-iyul 1974-yil |
Vafoti |
15-iyun 2015-yil (40 yoshda) Balashixa, Moskva viloyati, Rossiya |
Janrlar | pop musiqa raqs musiqasi |
Kasbi | xonanda, aktrisa, fotomodel, teleboshlovchi |
Faoliyat yillari | 1996—2013 |
Guruhlari | Blestyashchiye |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Turmush oʻrtogʻi | Dmitriy Shepelev |
Bolalari | Platon Shepelev |
Imzosi | |
Biografiyasi
tahrirYoshligi
tahrirJanna Friske 1974-yil 8-iyulda Moskvada tugʻilgan. Uning egizak akasi tugʻilgandan koʻp oʻtmay irsiy kasallik tufayli vafot etgan. Moskvaning Perovo tumanidagi 406-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. 1991-yilda maktabni tugatgan. Maktabdagi havaskorlik tomoshalarida qatnashgan. Xonanda badiiy gimnastika va akrobatika bilan shugʻullangan, balet studiyasi va bal raqsi maktabida raqsga tushishni oʻrgangan[5].
Maktabni tugatgach, qoʻshiqchi Moskva davlat universitetining falsafa fakultetiga kirishga harakat qilgan, ammo imtihonlardan oʻta olmadi; bir yilini yoʻqotmaslik uchun Moskva davlat universitetining madaniyatshunoslik fakultetiga oʻqishga kiradi, u yerdan jurnalistika fakultetiga oʻqishini koʻchiradi, lekin oʻqishni tugatmagan[6][7]. Qisqa vaqt davomida ofis mebellarini sotish boʻyicha menejer boʻlib ishlagan[5].
Ijodi
tahrir1996-yilda qoʻshiqchi mashhur „Blestyashchiye“ musiqiy guruhida ijodiy faoliyatini boshlaydi. Dastlab badiiy rahbar sifatida raqslarni va sahna tasvirlarini qoʻyish bilan shugʻullangan, keyinchalik esa vokalchi sifatida faoliyat olib borgan[8]. Friskening guruhdagi faoliyati davomida 4 ta disk yozilgan va 3 ta kontsert dasturi chiqarilgan. Friskening guruhdagi sherigi Olga Orlova boʻlgan boʻlib, Friske umrining oxirigacha Orlova bilan doʻst boʻlib qoladi[9].
2001-yilda hali Blestyashchiye guruhi aʼzosi boʼlganida, qoʻshiqichi oʻzining „Lechu v temnotu“ qoʻshigʻiga ilk yakkaxon videoklipini (rejissyor Roman Prigunov) suratga oldiradi[10].
2003-yilda Janna Friske „Posledniy geroy-4“ realiti-shousida ishtirok etib, finalga chiqqan. Suratga olish ishlari olib borilgan oroldan qaytgach, Friske oʻzining guruhdan ketganini va yakkaxon faoliyatini boshlaganini eʼlon qiladi[11].
2004-yilda birinchi marta qoʻshiqchi ishtirok etgan film chiqadi, Sergey Lukyanenkoning „Nochnoy dozor“ ilmiy-fantastik romani asosida olingan xuddi shu nomli filmda Janna Zavulonning maʼshuqasi jodugar Alisa Donnikova rolini oʻynagan[12]. Uning ishtirokidagi epizodlarning aksariyati kesib tashlangan (xususan, davomiy ishqiy sahnalar)[13]. Filmning davomi „Dnevnoy dozor“da Friske qahramoniga muhim ahamiyat berilgan. 2004-yil oktyabr oyida Andrey Gubin tomonidan yozilgan „La-la-la“ qoʻshigʻiga videoklip surata olish ishlari boʻlib oʻtadi. Videoklip rejissyori Roman Prigunov, operator Vladislav Opelyans boʻlgan[14].
2005-yil iyun oyida „Gde-to letom“ qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olindi[15]. Oʻsha yilning kuzida qoʻshiqchining yagona yakkaxon albomi „Janna“ chiqqqan[16]. Albomning ovoz prodyuserlari xonandaning bastakori va prodyuseri Andrey Grozniy va Sergey Xaruta boʻlishgan. 4 oktyabr kuni Metelitsa koʻngilochar majmuasida disk taqdimoti boʻlib oʻtgan[17].
Tanqidchi Boris Barabanovning soʻzlariga koʻra, Firske guruhni tark etganidan keyin oʻz faoliyatidagi eng yaxshi va eng kam baholangan „Vestern“ qoʻshigʻini yozgan. Bu qoʻshiq soʻzlarining muallifi Noize MC boʻlib, 2009-yilda qoʻshiqni Friske Tanya Teryoshina bilan birga kuylagan[18][19].
2005-yilda Friske „Posledniy geroy“ realiti-shousining beshinchi qismida ishtirok etadi. Qoʻshiqchi „Serdse Afriki“, „Imperiya“, „Sirk so zvyozdami“ va „Sirk“ televizion loyihalarida ham ishtirok etgan.
2007-yil oktyabr oyida „Ya bila“ qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olingan va 2008-yil iyul oyida „Janna Friske“ qoʻshigʻining videoklipi chiqqan[20][21]. Oʻsha yili Friske „Lednikoviy period 2“ loyihasida ishtirok etadi va u yerda avval Vitaliy Novikov, keyin esa Maksim Marinin bilan juftlikda konkida uchgan.
2010-yil mart oyida „O chyom govoryat mujchini“ filmi chiqadi, unda Friske oʻzini oʻynagan[22]. „Kto ya?“ detektiv serialida bosh qahramon ayol rolini oʻynagan.
Janna Friske Maxim, Top Beauty, InStyle, OK!, Allure va Elle kabi turli jurnallarda suratga tushgan. Matbuotda mashhur va badavlat ayol sifatida tilga olingan[23]. Orient Watch[24], Rexona[25] va Aktivia yogurti kampaniyalarining reklama yuzi boʻlgan[26].
2011-yil may oyida Friske „Mashinalar 2“ multfilmining ruscha dublyajida Holley Shiftwell nomli personajga ovoz bergan[27]. Oʻsha yilning 29-sentyabrida reper Jigan bilan birga yozilgan „Ti ryadom“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtdi[28]. Noyabr oyida Pavel Xudyakov boshchiligida ushbu kompozitsiya uchun videoklip suratga olish ishlari boʻlgan va 4-dekabr kuni „Gorbushkin dvor“ savdo majmuasida videoklip taqdimoti oʻtkazilgan[29][30]. Dekabr oyida Friske italiyalik qoʻshiqchi In-Grid bilan birgalikda „Padayet sneg“ qoʻshigʻini yozishgan[31].
2011—2012-yillarda Friske MTVda „Kanikuli v Meksike“ realiti-shousining dastlabki ikki faslida boshlovchilik qilgan, keyinroq esa uning oʻrnini Alyona Vodonayeva egallagan[32].
2012-yil iyul oyida qoʻshiqchi ChinKong Production leybli prodyuserligida „Navsegda“ singlini chiqaradi[33]. Sentyabr oyining oxirida Pavel Xudyakov rahbarligida ushbu kompozitsiyaga videoklip suratga olingan[34].
2016-yilda internetga 2006—2013-yillarda yozilgan Friskening 8 ta nomaʼlum audioyozuvi (jami 25 ta) qoʻyiladi[35][36][37].
2016-yilda qoʻshiqchi xotirasi uchun „Janna Friske – Ya ryadom“ xayriya loyihasi yaratildi[38].
2017-yilda „Janna Friske – Ya ryadom“ nomli qoʻshiqlar toʻplami chiqdi. Unga xonandaning doʻstlari va hamkasblari tomonidan ijro etilgan 23 ta kompozitsiya kiritilgan[39].
Friskening butun ijodiy faoliyati davomida Andrey Grozniy va Andrey Shlikov prodyuserlari boʻlishgan[40][41]. Oradan 6 yil oʻtgach, 2023-yilda „Blestyashchiye“ guruhi Janna ovozi bilan „A na more beliy pesok“ qoʻshigʻining yangi versiyasini chiqarishadi.
Kasallik va oʻlimi
tahrirJanna Friske kasalligi haqida farzand koʻrganidan bir necha oy oʻtgach bilib qolgan[42]. 2013-yil iyun oyining boshida oʻgʻli Platonni dunyoga keltirganidan koʻp oʻtmay, bosh ogʻrigʻidan shikoyat qila boshlagan. Friske AQSh va Germaniyada davolangan[43]. Oʻsha yilning kuzida Friske omma oldida koʻrinishni va Instagramda kunlik fotosuratlarini joylashtirishni toʻxtatadi[44]. 2014-yil 15-yanvarda ommaviy axborot vositalarida kasallik haqida birinchi xabarlar eʼlon qilingan[45][46]. 20-yanvar kuni oilasi va qarindoshlari Friskening rasmiy veb-saytida uning ogʻir kasal ekanligi haqida bayonot berishadi[47]. Friskening otasining soʻzlariga koʻra, unga operatsiya qilib boʻlmaydigan miya shishi boʻlgan glioblastoma tashxisi qoʻyilgan. Tashxisni onkolog Mixail Davidov tasdiqlagan[48]. 2014-yil yanvar oyidan boshlab qoʻshiqchi Nyu-Yorkdagi Memorial Sloan Kettering Cancer Center klnikiasida davolanadi[49][50].
„Perviy kanal“ qoʻshiqchining davolanishi uchun mablagʻ toʻplash tadbirini oʻtkazadi[51]. 2014-yil 24-yanvaga koʻra, 66 447 800 rubl yigʻilgan. Yana 1 307 615 rubl Rusfond hisobiga oʻtkazilgan. Janna Friskening oʻzi Rusfond veb-saytida unga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiradi[52][53]. Toʻplangan mablagʻning qolgan qismi navbatda turgan, saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun sarflanishi kerak boʻlgan[54]. 30-yanvar kuni Sharon Osbourne oʻzining videomurojaatida Friskaga yordam berishini eʼlon qiladi[55]. 2016-yil yanvar oyida Rusfond tomonidan Friskeni davolash uchun oʻtkazilgan 20 million rubldan ortiq pul oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi[56].
2014-yilning yozidan boshlab, uzoq muddatli davolanishdan soʻng, Friske Latviyaning Yurmala shahrida reabilitatsiyadan oʻtadi va u yerda oʻzining 40 yoshini nishonlaydi. Qoʻshiqchi Xitoyda davolanish kursini davom ettirgan[57]. Oktyabr oyida qoʻshiqchi Moskvaga qaytib keladi, nogironlar aravachasidan voz kechib, mustaqil ravishda harakatlana boshlaydi[58][59][60][61].
2015-yil 7-fevralda Sochidagi XXII Olimpiya oʻyinlarining bir yilligiga bagʻishlangan „Segodnya vecherom“ dasturida qoʻshiqchining soʻnggi intervyularidan biri telefon orqali oʻ'tkaziladi va boshlovchi Andrey Malaxov Friske Los-Anjelesdagi klinikada davolanishni qayta boshlaganini eʼlon qiladi[62]. Keyinchalik davolanish Moskvadagi N. N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazida davom ettirgan[63]. Davolanish jarayonida xonandaning ahvoli asta-sekin yomonlashdi, hayotining soʻnggi uch oyi komada boʻlgan va 2015-yil 15-iyun kuni soat 22:07 da Moskva yaqinidagi Balashixadagi uyida 40 yoshida vafot etgan[64][65][66][67]. Vidolashuv marosimi 17-iyun kuni Crocus City Hall konsert zalida boʻlib oʻtgan[68]. Dafn marosimi 18-iyun kuni Yeloxovdagi Bogoyavlensk soborida boʻlib oʻtgan[69]. Qoʻshiqchi Nikolo-Arxangelsk qabristoniga dafn etilgan[70][71].
Oilasi
tahrirTashqi tasvir | |
---|---|
Onasi Olga, Janna, buvisi Paulina, singlisi Natalya va otasu Vladimir | |
Ota-onasi | |
Homilador Janna Friske |
- Otasi Vladimir Borisovich Friske (familiyasini Kopilovga oʻzgartirgan[72] (rod. 13 iyulya 1952, Kostroma)[73], 1952-yil 13-iyul Kostromada tugʻilgan) ilgari rassom (Markaziy sanʼat xodimlari uyida ishlagan), familiyasi Friske va millati nemis. SSSR paytida pasportidagi familiyasi uchun harbiy bilim yurtiga qabul qilinmagan, shuning uchun oʻzining familiyasini xotininikiga oʻzgartirgan. Otasi musiqaga qiziqqan, mexanik, haydovchi boʻlib ishlagan, keyinchalik savdo-sotiq bilan shugʻullangan va 1992-yilda biznes bilan shugʻullana boshlagan, Birlashgan Arab Amirliklarida mehmonxona biznesi mavjud[72].
- Onasi Olga Vladimirovna Friske (qizlik familiyasi Kopilova[72], 1951-yil 1-may Shumixada tugʻilgan[74][75][76]).
- Jannaning egizak akasi boʻlgan, Friske va akasi yetti oylikda tugʻilishgan, lekin akasi tugʻilish paytida vafot etgan, Janna bu haqda katta boʻlganida xabar topgan[75].
- Singlisi Natalya Vladimirovna Friske (1986-yil 21-aprelda tugʻilgan)[1]. 2007-yildan 2008-yilgacha „Blesyashchiye“ guruhining aʼzosi boʻlgan[77][78].
- Jiyani Luna (2022-yil 4-avgustda tugʻilgan, Natalyaning qizi)[79].
Shaxsiy hayoti
tahrir„Blestyashchiye“ guruhida faoliyat olib borgan payti Friske guruh prodyuseri Andrey Grozniy bilan uchrashadi. Guruhni tark etish bilan birga prodyuser bilan ham hamkorlikni toʻxtatgan.
2009-yilda Andrey Grozniy qoʻshiqchiga turmush qurishni taklif qiladi, lekin Friske rozi boʻlmagan[80], chunki prodyuser boshqa ayol ishqiy munosabatda boʻlgan va undan ayol allaqachon homilador boʻlgandi[81][82]. Ular qoʻshiq va konsertlar ustida birgalikda ishlashda davom etadilar. 2011-yilda ish munosabatlari ham tugagan[83]. V 2011 godu prekratili i rabochie otnosheniya[84].
2004—2005-yillarda Friske aktyor Dmitriy Dyujev bilan ishqiy munosabatda boʻlgan[85].
Turmush oʻrtogʻi teleboshlovchi Dmitriy Shepelev. Oʻgʻli Platon Shepelev (2013-yil 7-aprelda tugʻilgan). Platonning choʻqintirgan onasi qoʻshiqchi Olga Orlova[86][87][88][89].
Diskografiyasi
tahrir„Blestyashchiye“ guruhi tarkibida
tahrir- 1997 – Tam, tolko tam (remixes)
- 1998 – Prosto mechti
- 2000 – O lyubvi
- 2000 – Belim snegom
- 2002 – Za chetire morya
- 2003 – Apelsinoviy ray
Yakkaxon albomi
tahrir- 2005 – „Janna“
Toʻplamlar
tahrir- 2008 – „Blestyashchiye“ – „Odnoklassniki“
- 2016 – „Blestyashchiye“ – „Best 20“
- 2017 – „Janna Friske – Ya ryadom“
Singllar
tahrir„Blestyashchiye“ guruhi tarkibida
tahrirYakkaxon faoliyatida
tahrir- 2001 – „Lechu v temnotu“
- 2003 – „Steklyannaya lyubov“
- 2004 – „La-la-la“
- 2005 – „Gde-to letom“
- 2005 – „Na gubax kusochki lda“
- 2005 – „Koroli Nochnoy Veroni“ (Valeriy Leontiyev bilan birgalikda)
- 2006 – „Mama Mariya“
- 2006 – „Stariy zamok“
- 2006 – „Malinki“ („Diskoteka Avariya“)
- 2006 – „Akvamarin“
- 2007 – „Ya bila“
- 2008 – „Janna Friske“
- 2009 – „Amerikanes“
- 2009 – „Portofino“
- 2009 – „Vestern“ (Tanya Teryoshina bilan birgalikda)
- 2009 – „A na more beliy pesok“
- 2010 – „Dojd“
- 2011 – „Pilot“
- 2011 – „Ti ryadom“ (Jigan bilan birgalikda)
- 2011 – „Padayet sneg“ (In-Grid bilan birgalikda)
- 2012 – „Navsegda!“
- 2012 – „Tixo padayet sneg“ (Dmitriy Malikov bilan birgalikda)
- 2012 – „Olimpiyskiy ogon“
- 2013 – „Plach i umolyay“
- Qoʻshiqchi vafotidan soʻng chiqqan tribyutlar
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Rol | |
---|---|---|---|
2004 | s | Landish serebristiy 2 | epizod (titrda ismi koʻrsatilmagan) |
2004 | f | Nochnoy Dozor | Alisa Donnikova, jodugar |
2005 | f | Dnevnoy Dozor | Alisa Donnikova, jodugar |
2006 | f | Perviy Skoriy | kameo |
2007 | f | Perviy doma | Janna |
2008 | f | Krasota trebuyet… | kameo |
2010 | f | Kto ya? | Anna Levina, aktrisa |
2010 | f | Novogodniye svati | kameo |
2010 | f | O chyom govoryat mujchini] | kameo |
2010 | f | Tochka Dok. Desyat poslednix dney | ismi berilmagan |
2013 | f | Odnoklassniki.ru: NaCLICKay udachu | Yelena Vilenovna |
Dublyaj
tahrir- 2008 – The Flight Before Christmas – laska Vilma
- 2011 – Mashinalar 2 – Holley Shiftwell
- 2014 – Popugay Club – belaya vorona
Hujjatli filmlar
tahrir- Janna Friske. Poslednie 24 chasa (Sergeya Vasilev va Yekaterina Domninaning „Noviye russkie sensatsii“ turkumidagi hujjatli telefilmi, Rossiya, 2015).
- Janna (hujjatli telefilm, Rossiya, 2015;).
- Posledniy den: Janna Friske (Zvezda telekanalining hujjatli telefilmi, Rossiya, 2016).
- Janna Friske. Ostanus (Ren TV telekanalining hujjatli telefilmi, Rossiya, 2015).
- Janna Friske. Proshchaniye (TV Sentr telekanalining hujjatli telefilmi, Rossiya, 2018).
Televideniye
tahrir- Fort Boyard
- Posledniy geroy
- Sirk so zvyozdami
- Bolshiye gonki
- Lednikoviy period
- Kanikuli v Meksike
- Imperiya
- Rozigrish
Videokliplari
tahrir„Blestyashchiye“ guruhi tarkibida
tahrirOy | Yil | Klip | Rejissyor | Tarkib |
---|---|---|---|---|
May | 1997 | „Sveti“ | Roman Prigunov | Friske, Orlova, Iodis, Lukyanova |
Sentyabr | „Oblaka“ | |||
Avgust | 1998 | „Cha-cha-cha“ | ||
Noyabr | „Gde je ti, gde“ | Roman Prigunov | ||
Dekabr | „Noviy god“ | Filipp Yankovskiy | Friske, Orlova, Lukyanova | |
Aprel | 1999 | „Za osenyu pridyot zima“ | Vladislav Opelyans | Friske, Orlova, Lukyanova, Novikova |
Noyabr | „Chao, bambina“ | Filipp Yankovskiy | ||
Yanvar | 2000 | „Chao, bambina!“ (Diskoteka Avariya Remix) | ||
Noyabr | „Belim snegom“ | Sergey Kalvarskiy | ||
Dekabr | „Belim snegom (Remix)“ | Friske, Lukyanova, Novikova | ||
Mart | 2001 | „Dolgo tebya jdala“ | Vladislav Opelyans | |
oktyabr | „Au-au“ | Roman Prigunov | Friske, Lukyanova, Novikova, Kovalchuk | |
Iyun | 2002 | „Za chetire morya…“ | Andrey Grozniy | |
Iyul | „Za chetire morya…“ (Remix) | |||
oktyabr | „A ya vsyo letala“ | |||
Iyun | 2003 | „Apelsinovaya pesnya“ | Friske, Novikova, Kovalchuk, Semenovich |
Boshqa qoʻshiqchilarning kliplarida
tahrirYil | Klip | Ijrochi |
---|---|---|
1991 | „Bosonogaya devchonka“ | „Sladkiy son“ Sergey Vasyuta bilan |
2000 | „Kilimandjaro“ | Filipp Kirkorov |
2005 | „Ostanus“ | „Gorod 312“ |
2006 | „V klube“ | Timati & DJ Dlee |
2015 | „Krasiva silno“[90] | Markus Riva & Arthur Dennys |
2016 | „Moy put“ | Yuliya Savicheva[91] |
„Proshchay, moy drug“ | Olga Orlova |
Yakkaxon faoliyati
tahrirYil | Klip | Rejissyor | Albom |
---|---|---|---|
2001 | „Lechu v temnotu“ | Roman Prigunov | Janna |
2004 | „La-la-la“ | ||
2005 | „Gde-to letom“ | ||
2006 | „Stariy zamok“ | Andrey Grozniy, Andrey Shlikov[92] | albomsiz |
„Malinki“ (feat. Diskoteka Avariya) | Xindrek Maasik | ||
2007 | „Ya bila“ | Marat Adelshin | |
2008 | „Janna Friske“ | Alan Badoyev | |
2009 | „Portofino“ | ||
„Vestern“ (feat. Tanya Teryoshina) | Xindrek Maasik | ||
„A na more beliy pesok“ | Pavel Xudyakov | ||
2011 | „Pilot“ | Xindrek Maasik | |
„Ti ryadom“ (feat. Jigan) | Pavel Xudyakov | ||
2013 | „Navsegda!“ |
Chartlar
tahrirYil | Nomi | Chartlar[93] | Albom | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Rossiya va MDH (TopHit Топ-100) |
Rossiya (TopHit Moskva Top-100) |
Rossiya (TopHit Sankt-Peterburg Top-100) |
Ukraina (TopHit Ukraina Top-100) |
Ukraina (TopHit Kiyev Top-100) |
Radiochart (TopHit 100) | Rossiya va MDH (TopHit Yillik) | |||
2004 | „La-la-la“ | 3 | 4 | - | 180 | 292 | 178 | 19 | Janna |
2005 | „Gde-to letom“ | 2 | 6 | - | 188 | 300 | 145 | 22 | |
„Na gubax kusochki lda“ | 27 | 62 | - | - | - | 16 | - | ||
2006 | „Mama Mariya“ | 9 | 6 | - | - | 772 | 12 | 46 | |
2007 | „Ya bila“ | 11 | 17 | - | 114 | 356 | 5 | 50 | TBA |
2008 | „Janna Friske“ | 24 | 31 | 65 | - | 142 | 29 | 135 | |
2009 | „Portofino“ | 33 | 39 | 54 | 378 | 126 | 15 | 157 | |
„A na more beliy pesok“ | 11 | 12 | 26 | 203 | 4 | 5 | 31 | ||
2010 | „Dojd“ | 100 | - | - | 70 | 117 | 31 | - | |
2011 | „Pilot“ | 21 | 20 | 40 | 12 | 35 | 12 | 88 | |
„Ti ryadom“ (feat. Jigan) | 71 | - | - | 27 | 37 | 10 | - | ||
„Padayet sneg“ (feat. In-Grid) | 136 | - | - | 391 | - | 50 | - | ||
2012 | „Navsegda! (ChinKong Production Mix)“ | 103 | 150 | - | 72 | 131 | 8 | - | |
„Tixo padayet sneg“ (feat. Dmitriy Malikov) | 76 | 94 | - | 68 | 104 | 24 | - |
Yutuqlari
tahrir- 2007 – „Malinki“ qoʻshigʻi uchun, „Diskotekoy Avariya“ gurhi bilan duet.
- 2010 – „A na more beliy pesok“ qoʻshigʻi uchun[94].
- 2007 – „Malinki“ qoʻshigʻi uchun „Eng yaxshi ijrochi“, „Eng yaxshi video“ va „Eng yaxshi duet“ nominatsiyalari gʻolibi[95].
- 2005 – „Gde-to letom“ qoʻshigʻi uchun laureat
- 2006 – „Mama-Mariya“ qoʻshigʻi uchun laureat
- 2009 – „A na more beliy pesok“ qoʻshigʻi uchun laureat
- 2006 – „Dnevnoy dozor“ filmidagi Alisa Donnikova roli uchun „Eng yaxshi ayol rol“ nominatsiyasi gʻolibi[96].
- Fashion People Awards
- 2012 – „Kanikuli v Meksike“ teleloyihasida teleboshlovchiligi uchun „Fashion boshlovchi“ mukofoti gʻolibi[97].
- Glamour Awards
Xotira
tahrir- 2016-yil 26-dekabrda xonandaning qabriga haykal qoʻyilgan[101].
- 2017-yilda xonandaning turmush oʻrtogʻi Dmitriy Shepelev Janna Friske va uning kasallikka qarshi kurashiga bagʻishlangan „Janna“ kitobini nashr etgan[102].
- 2022-yil 15-iyunda Moskvada Janna Friske haykali oʻrnatilishi rejalashtirilgani haqida maʼlumot paydo boʻladi[103].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Falshivie biografii, Dokumentalniy film, Perviy kanal, 2012
- ↑ Umerla Janna Friske // NEWSru.com, 16.06.2015.
- ↑ Жанна Фриске - Где-то летом | Pesnya goda 2005 YouTubeda
- ↑ „Песня года 2005“ (ru).
- ↑ 5,0 5,1 „Жанна Фриске“ (deadlink). Вокруг ТВ. 2017-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
- ↑ „История болезни Жанны Фриске“. 2021-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Жанна Фриске: "Не мыслю себя без сумок"“. InterMedia (2006-yil 21-aprel). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ Jannu Friske poxoronili na Nikolo-Arxangelskom kladbiщe // RBK, 18.06.2015.
- ↑ Vipusk peredachi "Segodnya vecherom" (Perviy kanal, 20 iyunya 2015)
- ↑ „Участница «Блестящих» поглощена побочным проектом“. InterMedia (2001-yil 1-avgust). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Жанна ушла из «Блестящих», но недалеко“. InterMedia (2003-yil 10-dekabr). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске превратилась в аморальную ведьму“. InterMedia (2003-yil 25-iyun). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ Алексей Гордеев. „СМИ: Любовные сцены с Жанной Фриске увидит вся страна“. www.utro.ru (2006-yil 13-yanvar). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-yanvar.
- ↑ „Жанна Фриске страдает от любви“. InterMedia (2004-yil 21-oktyabr). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске поплавает с каскадёрами "Где-то летом"“. InterMedia (2005-yil 1-iyun). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ Алла Жидкова. „Откровения Жанны Фриске“. Дни.ру (2005-yil 6-oktyabr). 2014-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-iyun.
- ↑ Ася Чепурина. „Жанна Фриске предстала в образе Клеопатры“. InterMedia (2005-yil 5-oktyabr). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Коммерсантъ, 16.06.2015. Борис Барабанов о Жанне Фриске“. 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
- ↑ „Таня и Жанна Фриске — Вестерн“. 2019-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Жанна Фриске сняла клип на "Я была"“. InterMedia (2007-yil 30-oktyabr). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске откроет в "Жанне Фриске" свой мир“. InterMedia (2008-yil 4-iyul). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске вернется на экраны в "О чем говорят мужчины 2"“. Lenta.ru (2010-yil 13-sentyabr). 2022-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
- ↑ Janna Friske sdelala roskoshniy podarok novorojdennomu sinu / Telegraf, 24 Aprel 2013
- ↑ „orientwatch“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
- ↑ „Жанна Фриске рекламирует дезодорант“. InterMedia (2007-yil 8-avgust). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Activia и Y&R Russia призывают проснуться от зимней спячки“. www.sostav.ru (2013-yil 23-yanvar). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
- ↑ „Жанна Фриске озвучила «тачку»-агента“. InterMedia (2011-yil 31-may). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Джиган записал дуэт с Жанной Фриске“. InterMedia (2011-yil 27-sentyabr). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „В «Ты рядом» Джиган стал напарником и защитником Жанны Фриске“. InterMedia (2011-yil 14-noyabr). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске и Джиган представят «Ты рядом» в «Горбушкином дворе»“. InterMedia (2011-yil 25-noyabr). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске и Ин-Грид записывают совместный «Падает снег»“. InterMedia (2011-yil 21-dekabr). 2022-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Алена Водонаева — новая хозяйка виллы в Мексике“. Cosmopolitan (2012-yil 9-iyul). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ „Жанна Фриске появится на радиостанциях «Навсегда»“. InterMedia (2012-yil 10-iyul). Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске сняла «Навсегда» на машиностроительном заводе“. InterMedia (2012-yil 25-sentyabr). 2022-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
- ↑ „В Сеть попал неизданный альбом Жанны Фриске“. Cosmopolitan (2016-yil 15-iyun). 2016-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyul.
- ↑ „Найден неизданный музыкальный альбом Жанны Фриске“ (deadlink). Top Real Estate (2016-yil 16-iyun). 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyul.
- ↑ „К выпуску готовится альбом неизданных песен Фриске“. Gordunya.com (2016-yil 16-iyun). 2016-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyul.
- ↑ Юлия Хожателева. „Владимир Фриске рассказал о памятнике дочери“ (ru). Комсомольская правда (2016-yil 12-iyul). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
- ↑ Татьяна Зимняя. „Вышел альбом памяти Жанны Фриске“ (ru). Комсомольская правда (2017-yil 13-yanvar). 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
- ↑ „История — Группа «Блестящие». Официальный сайт“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ „Евроконцерт“ (deadlink). 2015-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ Jizn po imeni Janna. Kak devushka iz shou-biznesa stala simvolom mujestva i narodnoy geroiney // Gazeta.ru, 16.06.2015
- ↑ Janna Friske posle semi mesyatsev borbi s rakom ne mojet xodit // NTV, 23.01.2014.
- ↑ „Страшная новость о болезни Жанны Фриске шокировала страну“. НТВ (2014-yil 18-yanvar). 2014-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
- ↑ Tyajelobolnuyu Jannu Friske otpravili na lechenie v Germaniyu // LifeNews, 15 yanvarya 2014
- ↑ „У певицы Жанны Фриске обнаружен рак“. Российская газета (2014-yil 20-yanvar). 2014-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
- ↑ Ofitsialniy sayt Janni Friske – Molimsya o vizdorovlenii // jeannefriske.com, 20 Yanvar 2014 („копия“ (deadlink). 2015-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan.)
- ↑ Onkologi nazvali tochniy diagnoz Janni Friske // Rossiyskaya gazeta, 21 yanvarya 2014
- ↑ „У Жанны Фриске неоперабельная опухоль мозга“. Газета.Ru (2014-yil 20-yanvar). 2014-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
- ↑ Friske lechat luchshie vrachi. Pevitsa ejednevno proxodit mnogochasovie kursi ximioterapii // „Utro“, 1 fevralya 2014
- ↑ „Первый канал при поддержке Русфонда объявляет о сборе средств на лечение Жанны Фриске“ (deadlink). Первый канал (2014-yil 20-yanvar). 2015-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
- ↑ Schyot na lechenie Janni Friske oplachen, rusfond.ru, 30.01.2014
- ↑ Perviy kanal i Rusfond sobrali 64,5 mln rub na lechenie Janni Friske // RIA Novosti, 22 fevralya 2014,
- ↑ Rusfond oplatil lechenie Janni Friske i perechislit 30 mln rubley bolnim detyam // Gazeta. Ru, 31 yanvarya 2014
- ↑ Janne Friske reshili pomoch Ozzi Osborn i ego supruga // Vesti. Ru, 30 yanvarya 2014
- ↑ „Русфонд заявил о хищении денег на лечение Жанны Фриске“. Росбизнесконсалтинг (2016-yil 22-yanvar). 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
- ↑ „Жанна Фриске умерла от рака“ (ru). РБК (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ Janna Friske otmetila 40-letie v Yurmale, gde naxoditsya uje mesyats // InfoTop, 2014-07-08
- ↑ Grigoriy Leps v Yurmale sobral dengi na lechenie Janni Friske // DELFI, 31 iyulya 2014
- ↑ Janna Friske vernulas. U populyarnoy pevitsi vrachi nablyudayut dlitelnuyu remissiyu // Gazeta.ru, 20.10.2014
- ↑ Janna Friske vernulas v Moskvu posle lecheniya v Kitae. Otes pevitsi schitaet, chto ona idet na popravku // Moskovskiy Komsomoles, 19 oktyabrya 2014
- ↑ „Segodnya vecherom“ s Andreem Malaxovim. Vipusk ot 7 fevralya // Perviy kanal, 2015 god
- ↑ Glavniy onkolog Rossii: uvi, u Friske ne bilo shansa vijit // „Moskovskiy komsomoles“, 16.06.2015
- ↑ Skonchalas Janna Friske // Gazeta.ru, 16.06.2015
- ↑ „СМИ сообщили о смерти Жанны Фриске от рака“. РБК (2015-yil 16-iyun).
- ↑ „Умерла Жанна Фриске“ (deadlink). Super.ru (2015-yil 16-iyun). 2015-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
- ↑ „Умерла Жанна Фриске“ (ru). ТАСС (2015-yil 16-iyun). 2015-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ „Прощание с Жанной Фриске“. РИА Новости (2015-yil 17-iyun). 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
- ↑ „Отпевание Жанны Фриске“. 2018-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Фриске похоронили на Николо-Архангельском кладбище под Москвой“. 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
- ↑ „Жанну Фриске похоронили на Николо-Архангельском кладбище в Москве“. 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
- ↑ 72,0 72,1 72,2 „Жанна Фриске последние новости: интервью родителей 2016 год — Woman’s Day“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
- ↑ „Папа Жанны Фриске: «На свой день рождения я не получил весточки от Платоши»“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
- ↑ „Мама Жанны Фриске отмечает день рождения // Звёзды.ru“. 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
- ↑ 75,0 75,1 Semeynaya TAYNA Janni Friske! (Wayback Machine saytida 2012-06-09 sanasida arxivlangan) // sensation.com.ua 15.07.2008
- ↑ Janna Friske (Zhanna Friske) – Dose (Wayback Machine saytida 2021-05-16 sanasida arxivlangan) („копия“ (deadlink). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.)
- ↑ „Фриске - снова «Блестящая»!“. Newsmuz.com (2007-yil 5-oktyabr). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Наталья Фриске не готова продолжать быть "Блестящей"“. InterMedia (2008-yil 9-avgust). 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Наталья Фриске родила дочь по имени Луна“. 2022-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-may.
- ↑ „Продюсер «Блестящих» Андрей Грозный рассказал о своем романе с Жанной Фриске“ (ru). www.cosmo.ru. 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
- ↑ „В болезни Фриске виновато предательство её бывшего продюсера и возлюбленного“ (ru). blognews.am. 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
- ↑ „Андрей Грозный рассказал о романе с Фриске“. KLEO (2016-yil 29-mart). 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
- ↑ „Сенсационное признание продюсера «Блестящих»: «Жанна Фриске отказалась выходить за меня замуж»“ (ru). 7Дней.ру (2016-yil 28-mart). 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
- ↑ Давиденко, Ирина. „Фриске поссорилась с продюсером“. Вокруг ТВ (2011-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ „Дмитрий Дюжев рассказал о романе с Жанной Фриске“ (ru). Газета «DAILY» (2017-yil 17-noyabr). 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
- ↑ „Кум королю или каждому крестнику свой крестный отец | Bloger elena_dokuchaewa na sayte SPLETNIK.RU 18 aprelya 2017 | SPLYeTNIK“. 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Гражданский муж Фриске Дмитрий Шепелев попросил людей молиться за Жанну“. Московский Комсомолец (2014-yil 20-yanvar). 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
- ↑ „Гражданский муж известной певицы Жанны Фриске подтвердил, что она больна раком“. Lifenews.ru (2014-yil 20-yanvar). 2014-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
- ↑ „Жанна Фриске стала мамой“ (deadlink). Официальный сайт Жанны Фриске (2013-yil 7-aprel). 2014-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-iyun.
- ↑ „Жанна Фриске появилась в новом клипе“. StarHit (2015-yil 13-may). 2017-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
- ↑ „Юлия Савичева посвятила «Мой путь» покойным артистам (Видео)“. InterMedia (2016-yil 21-yanvar). 2017-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
- ↑ „Жанна Фриске стала привидением из "Замка"“. InterMedia (2006-yil 23-mart). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ Ispolnitel – Janna Friske / TOPHIT.RU
- ↑ „«Золотые граммофоны» вручили в пятнадцатый раз“. InterMedia (2010-yil 6-dekabr). 2022-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- ↑ „Максим стала прорывом "Муз-ТВ-2007" без помощи продюсеров“. InterMedia (2007-yil 2-iyun). 2022-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- ↑ Premiya MTV RUSSIA-2006 (Wayback Machine saytida 2014-02-22 sanasida arxivlangan) / „KinoNyus“
- ↑ Виктория Зайченко. „Fashion People Awards-2012: выбраны самые стильные люди России“ (ru). Woman.ru. 2013-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ „Женщина года 2006“ (ru). Женский журнал Glamour. 2013-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ „Фриске стала «Лучшей певицей»“ (ru). «Шоу-бизнес.Ру» (2009-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 24-iyul.
- ↑ „«Звуковая дорожка» нашла своих удивительных героев“. NEWSmuz (2007-yil 13-fevral). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
- ↑ „На могиле Жанны Фриске установили памятник. ФОТО“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ Dmitriy Shepelev vipustil knigu o Janne Friske i rasskazal o ney v programme Andreya Malaxova
- ↑ „В Москве установят памятник Жанне Фриске“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.