Jannat“ – Nobel mukofoti sovrindori, Zanzibarda tugʻilgan britaniyalik yozuvchi Abdulrazak Gurnahning tarixiy romani boʻlib, birinchi marta 1994-yilda Londonda joylashgan Hamish Hamilton nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Roman Booker mukofotiga hamda badiiy adabiyot uchun beriladigan Whitbread mukofotiga nomzod boʻlgan[1][2].

Jannat

„Jannat“ romanining oʻzbek tilidagi nashri
Muallif(lar) Abdulrazak Gurnah
Tarjimon(lar) Madina Abdullayeva
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1994-yil
Nashriyot Hamish Hamilton
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2024-yil
Sahifalar soni 256
ISBN 9780747573999
Avvalgisi „Dottie“
Keyingisi „Admiring Silence“

Nashrlari

tahrir

Asar birinchi marotaba 1994-yilda Buyuk Britaniyaning Hamish Hamilton nashriyoti tomonidan ingliz tilida nashr etilgan. Oradan 10 yil oʻtib, 2004-yilda esa Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan yana bir bor nashrdan chiqarilgan. 2024-yilda Gurnahning ushbu romani Madina Abdullayeva tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, Asaxiy Books nashriyoti tomonidan 5,000 nusxada chop etilgan[3][4].

Manbalar

tahrir
  1. „The Booker Prize 1994“. The Booker Prizes. Qaraldi: 2015-yil 3-iyun.
  2. "A Note on the Author." In Desertion, by Abdulrazak Gurnah, 263. London: Bloomsbury, 2006.
  3. „Abdurazzoq Gurna: Jannat“. www.asaxiy.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2024-yil.
  4. JANNAT. Asaxiy Books — 252-bet. ISBN 978-9910-9325-7-1.