Tarix fanlari doktori, professor J. X. Ismoilova 1959-yil 14-oktabrda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1980-yilda TDPIning tarix fakultetini tamomlagan[1].

Jannat Ismoilova
Tavalludi 14.10.1959
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi Tarix, muzeyshunoslik
Ish joylari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
Mukofotlari „O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi“, „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi“ faxriy ko‘krak nishoni(2011)

Olima faoliyatini 1979-yilda FA Tarix institutidan boshlagan. 1985-yildan — 2005-yilgacha O'zbekiston tarixi davlat muzeyida kichik ilmiy xodim, boʻlim mudiri, muzey direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2005-yildan to hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori.

J. X. Ismoilova 1988-yilda „Toshkent shahrining ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayoti (XIX asr yakkinchi yarmi XX asr boshlari)“ mavzusida nomzodlik, 2002-yilda „Fargʻona vodiysida milliy-ozodlik harakatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan[1]. K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti „Muzeyshunoslik“ kafedrasi professori, muzeyshunoslik boʻyicha qator maqolalar, darslik va uslubiy qoʻllanmalar chop etgan. OʻzR FA Tarix instituti qoshidagi Ilmiy kengash aʼzosi, M. Ulugbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Ilmiy seminari aʼzosi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, „Oʻzbekiston — AQSH“, „Oʻzbekiston — Belgiya“ jamiyatlari aʼzosi, „Moziydan sado“ jurnali tahrir hay’ati aʼzosi. Oʻzbekistonning 25 dan ortiq muzeylarida yangi statsionar ekspozitsiyalarni yaratishda faol ishtirok etgan. Respublikamizdagi birinchi Bolalar muzeyining (2011-y.) muallifi va tashkilotchisi. Respublikada muzeyshunoslik va muzey pedagogikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot maktabi asoschisi. 2011-yili „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Nashr ishlari

tahrir

Bir qator respublika va xalqaro anjumanlar ishtirokchisi, 100 dan ziyod ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarning muallifi. Shu jumladan asosiylari:

  • 1. Fargʻonada milliy-ozodlik kurashlari. — T., 2003. — 20,0
  • 2. XIX asr II yarmi-XX asr boshlarida Toshkentning yangi shahar qismi tarixi — T., 2004. — 12,0 b.t.
  • 3. Koʻhna olam sirlari. Albom. — T., 2007. — 14,0 b.t.
  • 4. From the History of Middle Asian Costume International. Costume Conference. Globalization&. Future of Korean Costume. P. 47-52. — Seul, 2007
  • 5. Representative List of Intangible Cultural Heritage of Uzbekistan. Asian Eco-Culture. Ministry of culture, Sports and Tourism. Korea Seul. 2009
  • 6. Oʻzbekiston bagri keng diyor. (A. M. Reves xammuallif). Metodik qoʻllanma. — T., 2008.
  • 7. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi. Yoʻlkoʻrsatkich. — T., 2010.
  • 8 Ayollarning ilm-fan taraqqiyotidagi oʻrni. Xalqaro konferensiya materiallari toʻplami. — Baku, 2010.
  • 9. Oʻzbekistonda harbiy sanʼat tarixi. /I Albom, — T., 2011. 10. Muzey va pedagogika. // Moziydan sado, 2011. — № 4.
  • 10. „Oʻzbekiston madaniy merosi“ mualliflik turkumi: „Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi toʻplami. Ikkinchi qism. Etnografik fond“ kitob-albomi/ F. F. Abduxoliqov, E. V. Rtveladze, J. H. Ismoilova, L. G. Levteeva // Toshkent: „East Star Media“ MChJ, „Darakchi inform servis“ MChJ buyurtmasiga koʻra, 2020. — 432 b.
  1. 1,0 1,1 Oʻzbekiston tarixchilari. I jild (biobibliografik maʼlumotnoma).: Fan va tehnologiya, 2012. 102-bet