Janpolat Kudaybergenov
Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich (1978-yil 10-mart, Qoraqalpogʻiston – 2023-yil 21-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti)ning sobiq rektori (2019—2023).
Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich | |
---|---|
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori | |
Mansab davri 2019-yil – 2023-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-mart 1978-yil Qoraqalpogʻiston, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti |
21-dekabr 2023-yil (45 yoshda)[1] Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | → |
Millati | qoraqalpoq |
Taʼlim |
Qoraqalpoq Davlat Universiteti Birmengem Universiteti[1] |
Maʼlumoti | oliy |
Dafn etilgan joyi | Nukus |
Unvoni | iqtisod fanlari nomzodi, dotsent |
Bolaligi
tahrirKudaybergenov Janpolat Shamuratovich 1978-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan.
Taʼlimi
tahrirKudaybergenov 1996-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetining „Moliya va kredit“ bakalavriat yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilinadi. 2000-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umid” jamg‘armasi granti sovrindori sifatida Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti „Davlat iqtisodiyoti menejmenti va moliya“ mutaxassisligi boʻyicha magistraturasini tugatgan[1].
Mehnat faoliyat
tahrirJanpolat Kudaybergenov oʻz mehnat faoliyatini 2002-yilda Oʻzsanoatqurilish bankining Tashqi iqtisodiy aloqalar departamentida yetakchi mutaxassis sifatida boshlaydi. 2005-yilda Toshkent moliya institutining „Moliya injiniringi va bozorlar“ kafedrasiga katta oʻqituvchisi boʻlib ishga kiradi va u yerda kafedra mudiri lavozimiga qadar koʻtariladi. 2010-yilda „Hisob va audit“ fakulteti dekani etib tayinlanadi.
2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlanadi. 2016-yilda 2017-yilga qadar vazirlikdagi Yangi dasturlar va oʻquv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi[2], Oliy taʼlimni rivojlantirish Dasturi monitoringi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritadi.
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasining Pedagog kadrlar sifati nazorati, taʼlim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlanadi va u yerds 2018-yilga dovur ishlaydi.
2018-yilda Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (oʻsha vaqtda Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti)ning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlanadi. 2019-yildan esa institut rektori lavozimiga rektori etib tayinlanadi va vafotiga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.
Vafoti
tahrirJanpolat Kudaybergenov 2023-yil 21-dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi[3][4][1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Kimyo universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov vafot etdi“ (2023-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.
- ↑ http://www.erasmusplus.uz/heres/Team/index.htm
- ↑ „Kimyo universiteti rektori Janpolat Kudaybergenov vafot etdi“ (kun.uz). 2023-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.
- ↑ „Toshkent kimyo xalqaro universiteti rektori 45 yoshida vafot etdi“ (daryo.uz). 2023-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.