Janubiy- Sharqiy Osiyoda paleolit davr yodgorliklari

Yodgorliklari

tahrir

Janubiy-Sharqiy Osiyoningi paleolit davri yodgorliklariga Birmadagi ilk Anyat, Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Pachitan, Vetnamdagi Shonvi,Kota-Tampan va boshqa bir qator yodgorliklarni keltirib o‘tishimizmumkin. O‘rta va yuqori paleolit davrida Janubiy-Sharqiy Osiyoning paleolit davri moddiy madaniyati Ko‘xna dunyoning boshqa hududlariga nisbatan o‘ziga xos taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tgan. Tosh qurollar indusriyasida makrolitlik saqlanib qolingan. Pachitan yodgorligi Yava orolining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, paleolit davri yodgorligi hisoblanadi. Sangiran yodgorligi esa bu Janubiy-Sharqiy Osiyoda mikrolit tosh qurollar ishlab chiqarish texnikasining tarqalganligidan dalolat beradi. Malayziyada joylashgan mashxur Nia g‘ori T. Garrison tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, bu yodgorlikda arxeologik davrlarinng ketma-ketligini kuzatishimiz mumkin. Unda topilgan eng qadimgi tosh qurollarining davriy sanasi 39500 yilni tashkil etmoqda. Nia g‘or-makonidan topigan Homo sapienslar tegishli tana suyaklari tahlili ularning avstraloid irqiga oid ekanligini ko‘rsatmoqda. Janubiy- Sharqiy Osiyoda yer sharining boshqa hududlariga farqli ravishda mezolit davri alohida arxeologik davr sifatida ko‘rsatilmaydi.

Mezoneolit

tahrir

Biz Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezoneolit davri madaniyatlarini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezolit va neolit davriga oid madaniyatlarning bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin. Janubiy-Sharqiy Osiyoning mezoneolit davri yodgorliklaridan biri Xoabin madaniyatidir. Xoabin madaniyati uchta davriy bosqichga ajratiladi. Ilk, o‘rta va quyi Xoabin bosqichlari. Ilk Xoabin davriy sanasi miloddan avvalgi 48-23 ming yilliklar, o‘rta Xoabin miloddan avvalgi 23-13 ming yilliklar va quyi Xoban miloddan avvalgi 13-8 ming yilliklar. Ushbu madaniyatning uchta davriy bosqichga bo‘linishi arxeolog olim V. Solxeym tomonidan amalga oshirilgan. Mezoneolit madaniyatiga oid navbatdagi yodgorlik Ruxlar g‘ori hisoblanadi. Ruxlar g‘orining davriy sanasi miloddan avvalgi 12 ming yillikni tashkil etadi.

Adabiyotlar Ro'yxati

tahrir

ARXEOLOGIYA. Z.M.Qodirov. T. 2021.y