Janubiy Kemachi neftgaz-kondensat koni
Janubiy kemachi neftgaz-kondensat koni - Buxoro viloyatidagi kon. Qorovulbozor temir yoʻl stansiyasidan 35 km shimoli-sharqda. 1979-yilda ochilgan, 1993-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi tekislikdan iborat boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarb tomonga qiyalangan, yer yuzasi eol qumlari bilan qoplangan. 236–274 m balandlikda joylashgan.
Kon maydoni Chorjoʻy tektonik pogʻonasidagi Ispanlichandir koʻtarilmasining sharqiy qismidir. Strukturasi Kemachi-Zekri braxiantiklina-liningjan. qismida mujassamlashgan, 1970-yil seysmik razvedka ishlari natijasida aniklangan. Oʻlchami 25x 15 km. Keyinchalik qazilgan parametrik quduq ham sanoat miqyosida neft va gaz borligini tasdiqladi. 1979—1983-yillarda qaeilgan jami 22 quduq yura, boʻr, paleogen va toʻrtlamchi davr jinslarini ochgan. Karbonat jinsli kollektorqatlamning umumiy qalinligi 336–407 m boʻlib, u gorizontlarga ajratilgan.
Sanoat miqyosidagi neft-gazlilik yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan bogʻliq. 15-R gorizontdan (2186–2308 m chuqurlikda ochilgan) olingan gazning debiti 452—588 ming m’/sutka. Gaz-neft tutash yuza "—2061 m" satxda belgilangan. Uyum massivli, oʻlchami 11,5x4.1 km, balandligi 130 m. Gʻovak-lilik koeffitsiyenti 0,16; gazga toʻyinganlik koeffitsiyenti 0,78. Gaz quruq, metan miqdori 78,96—92,23%, azot kam (5,28%), karbonat kislotali (3,16), kam oltingugurtli (0,03%). Qatlam gazida etan 44 g/m1, propan 15 g/m1, izobutan 3 g/m1, butan 4g/m\ geliy 0,003%’Neft uyumi 15-NR va 15-R gori-zontlari bilan bogʻliq boʻlib, 2309— 2347 m chuqurlikda ochilgan. Uyum mas-sivli, oʻlchami 11,5x3,9 km, balandligi 10,0 m. Suvneft tutash yuzasi "—2071 m" satxda belgilangan. Gʻovaklilik koef-fitsiyenti 0,15, neftga toʻyinganlik — 0,69. Neft zichligi 0,884 g/sm1. Neft bera olishlik koeffitsiyenti — 0,18. Neft oʻrtacha va ogʻir, oltingu-gurtli, smolali, parafinli, benzin fraksiyasi kam. Neft tarkibida (%da); oltingugurt — 1,98, asfaltenlar — 1,77, smola — 9,6, parafin —5,75, benzin fraksiyalari — 8,56.
Kondensatlar oʻrtacha va ogʻir, zichligi 0,774 g/sm1, oltingugurtli, 300° gacha 90—95% fraksiyalar qaynaydi. Ulardan 75% benzin fraksiyalariga toʻgʻri keladi. Benzin fraksiyalarning kerosin fraksiyalarga nisbatan ajralishi 2,5 marotaba koʻp. Kondensatlardagi metan uglevodorodlarining miq-dori 44,4—54,2%. Barqaror kondeneatning gazdagi miqdori 43 g/m1.
Yura davri yotqiziqlaridagi qatlam suvlari xlorid-kaltsiy tipli, metamorflashgan namakoblardan iborat. Suv zichligi 1,07—1,08 g/sm1, mine-rallashganligi 90—100 g/l. Suv tarkibida sanoat miqyosidagi yod (oʻrtacha 54,0 mg/l) va brom (oʻrtacha 400,0 mg/l) uchraydi. Shuningdek, sanoat miqyosida toʻplangan litiy, rubidiy, stronsiy va seziy elementlari mavjud. Janubiy kemachi neftgaz-kondensat koni koni neft va gaz zaxirasiga koʻra oʻrtacha yiriklikdagi konlar toifasiga kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |