Janubiy oʻzbek tili
Milliy nomi اۉزبېکچه، اۉزبېکی، اۉزبېک تورکچه‌سی
Mamlakatlar Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston, Pokiston bayrogʻi Pokiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5000000(5 million), 560000(besh yuz oltmish ming)
Tartiblovchi tashkilot Afgʻoniston taʼlim vazizligi
Holati Afgʻonistondagi uchinchi eng koʻp soʻzlashuvchi til.
Turkumlanishi
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qarluq guruhi
Oʻzbek tili
Janubiy oʻzbek tili
Alifbosi Fors alifbosi va Arab tili yozuvi[1]
Til kodlari
ISO 639-1 uzs

Janubiy oʻzbekcha yoki oʻzbekcha (oʻzbekcha : اۉزبېکچه، اۉزبېکی، اۉزبېک تورکچه‌سی) — o‘zbek xalqi Afg‘oniston va Pokistonda so‘zlashadigan o‘zbek tilining janubiy varianti. U 6 million kishigacha soʻzlashuvchilarga ega va Oʻzbekistondagi til variantidan farqli ravishda fors-arab yoki nastaliq yozuv usulida yoziladi.

Oʻzbekistonda foydalaniladigan o‘zbek tili shimoliy oʻzbek tili, Afgʻoniston va Pokistonda ishlatiladigan o‘zbek tili janubiy oʻzbek tili deb tushuniladi. Biroq janubiy oʻzbek tilida fors tilidan bir oz koʻproq oʻzlashtirilgan soʻzlar mavjud boʻlib, uni janubiy oʻzbeklarning koʻpchiligi yaxshi biladi, shuningdek pushtu tilidan olingan soʻzlar kam[2].

Janubiy oʻzbek alifbosi

tahrir
 
Janubiy o‘zbek tilida 1911-yilda yozilgan matn

Janubiy oʻzbek tili „Arab Yozuv“ deb nomlangan fors-arab yozuv tizimi yordamida yoziladi. Fors tilida ishlatiladigan 32 ta harfdan iborat boʻlsa-da, ularning koʻpchiligi boshqacha talaffuz qilinadi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Onlayn lugʻat