Navruz Japaqov
Ushbu sahifani Navro‘z Japakov bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Navruz Japaqov (1914.16.5 — Taxtakoʻpir tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. Oʻzbekistonda (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1967).
Navruz Japaqov | |
---|---|
Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi | |
Mansab davri 1956-yil – 1959-yil 31-mart | |
Oʻtmishdoshi | Pirjan Seitov |
Vorisi | Qallibek Kamolov |
Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi | |
Mansab davri 1955-yil – 1956-yil yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Mateke Jumanazarov |
Vorisi | Mateke Jumanazarov |
Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi | |
Mansab davri 1946-yil oktabr – 1952-yil | |
Oʻtmishdoshi | Pirjan Seitov |
Vorisi | Jolimbet Seitniyazov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1914-yil 16-may |
Vafoti |
13-mart 1975-yil (60 yoshda) |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Taʼlim | VKP (b) MK qoshidagi Oliy partiya maktabi |
Mukofotlari |
Mehnat faoliyati
tahrirKoʻp yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (1961—1967) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida (1967—1975) katta ilmiy xodim.
Ijodiy faoliyati
tahrirIlk sheʼrlar toʻplami — „Quyosh“ (1940). Navoiyga bagʻishlangan „Shoir soʻzi“ dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda), „Uzoqdagi yaylovlar“ (1955, X. Seitov bilan hamkorlikda), „Suvchi“ (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. „Orol baliqchilari“ kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi („Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doyr“, 1972; „Adabiyotimiz haqida oʻylar“, 1974 va b.).[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- https://centrasia.org/person2.php?&st=1184273056 (Wayback Machine saytida 2018-08-23 sanasida arxivlangan)
- http://www.knowbysight.info/ZhZZ/10796.asp (Wayback Machine saytida 2021-10-30 sanasida arxivlangan)
- http://www.ziyouz.uz/ru/index.php?option=com_content&view=article&id=1103:--1914&catid=64:karakalpak&Itemid=54 (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
tahrir- Amu boʻylarida, T., 1956;
- Tiriklar bilan birga: Poema va sheʼrlar, T., 1962;
- Tanlamali shigarmalari, 3 tomlik, Nokis, 1978-80.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |