Jarrohlik asboblari — jarrohlik aralashuvi oʻtkazish uchun kerak boʻladigan asbob, moslama va qurilmalardir.

Jarrohlik asboblari

Jarrohlik asboblari tasnifi tahrir

Jarrohlik asboblari umumiy jarrohlik asboblari va maxsus asboblarga ajratiladi.

Umumiy jarrohlik asboblari tahrir

Jarrohlik asboblari barcha turdagi operatsiyalarda qoʻllaniladi. Ular 4 guruhga boʻlinadi:

  • toʻqimalarni ajratishga (kesishga) moʻljallangan asboblar (skalpel, pichoq, qaychi, arra va boshqalar);
  • qon ketishini tόxtatadigan asboblar (turli xil qisqichlar);
  • yordamchi asboblar (pintset, ilmoqcha, oyna, zond, jarohat kengaytirgich va boshqalar);
  • toʻqimalarni birlashtirish (tikish) uchun ishlatiladigan asboblar (ignatutgich va ignalar, maxsus tikuv apparatlari)

Maxsus asboblar tahrir

Faqatgina, bir maqsadda ishlatiladigan asboblar (urologik, ginekologik, travmatologik, neyroxirurgik va boshqa asboblar)[1]

Manbalar tahrir