Jasur Tavbayevich Boyqoʻziyev (1986-yil 4-sentabr, Angren) — oʻzbekistonlik taekvondochi, ogʻir vazn toifasida ishtirok etadi. 2014-yilda Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Osiyo chempioni, 2015-yilda jahon chempionati kumush medali sovrindori.

Jasur Tavbayevich Boyqoʻziyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 4-sentyabr 1986-yil (1986-09-04) (38 yosh)
Angren,Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Chelyabinsk 2015 87kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Xoshimin 2012 87kg gacha
Oltin Toshkent 2014 87kg gacha
Bronza Manila 2016 87kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Oltin Inchxon 2014 87kg gacha

Sport faoliyati

tahrir

Toshkent taekvondo maktabi tarbiyalanuvchisi. Kattalar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalarda Boyqoʻziyev 2009-yilda Belgradda boʻlib oʻtgan Universiada oʻyinlarida 78 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ilk marta bellashgan va ikkinchi raundda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan janubiy koreyalik boʻlajak bronza medali sovrindori Pek Sun Xonga magʻlub boʻlgan[1]. 2009-yilda ham Jasur  birinchibor  jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo 1/8 finalda ozarbayjonlik Rashad Ahmadov tomonidan magʻlub boʻlgan[2].

2012-yildan boshlab u 87 kg gacha boʻlgan vazn toifasiga ishtirok etdi va oʻsha yilning 12 martida Gamburgda Germaniya ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. Xoshiminda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalda musobaqa mezboni Nguyen Chong Kuongga yutqazib, oltin medalga bir qadam qolganda yengiladi[3].

2013-yilda Puyebladagi jahon chempionatida Jasur 1/8 finalda Xitoy vakili Ma Chjaoyunga imkoniyatni boy beradi. Oradan bir yil oʻtib, Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Boyqoʻziyev finalda eronlik Yusef Keramini[4] magʻlub etib, qitʼaning eng kuchlisi unvoniga sazovor boʻldi va Inchxonda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

2015-yilda Chelyabinskdagi  jahon chempionatida ishtirok etib, Boyqoʻziyev turnirning asosiy ishtirokchilari qatoridan joy oldi va Jasur final toʻqnashuvida Radik Isayevga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].

Olimpiada dasturida taqdim etilgan taekvondo boʻyicha cheklangan vazn toifalari tufayli Boyqoʻziyev ishtirok etadigan vazn ogʻir vazn toifalari bilan jipslashtirildi. Shu tariqa eng yuqori vazn toifasi birlashgan jahon reytingining dastlabki ikki pogʻonasini ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi – Jasur va Dmitriy Shokinlarga Olimpiada oʻyinlarida qatnashish huquqini berdi, biroq milliy kvotalar tufayli Oʻzbekistonga faqat bitta Olimpiya yoʻllanmasi taqdim etilgan edi[6]. Terma jamoa murabbiylar shtabi yoʻllanmani Shokin foydasiga hal qilishdi. Keyinchalik Boyqoʻziyev murabbiyning bunday qaroriga rozi ekanligini tan oladi[7].

Oradan vaqt oʻtib, Jasur Boyqoʻziyev “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanadi[8].

Manbalar

tahrir
  1. „Result of Tournament: Universiade: Belgrad 03.07.2009“ (en). «taekwondodata.com». 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust.
  2. „Рашад Ахмедов завоевал бронзу ЧМ“. «azerisport.com». 2011-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust.
  3. „Giải taekwondo vô địch châu Á 2012: Nguyễn Trọng Cường lấy vàng đầy kịch tính“ (vi). «thethaovanhoa.vn».
  4. „В Ташкенте завершился Чемпионат Азии по Таэквондо (WTF)“. «olympic.uz». 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust.
  5. „Дмитрий Шокин стал первым в истории Узбекистана чемпионом мира“. «worldtaekwondo2015.com». 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust.
  6. „Таэквондист Дмитрий Шокин завоевал олимпийскую лицензию“. «uz24.uz». 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust.
  7. „Джасур Байкузиев: «От Шокина, как и все узбекистанцы, жду только «золота»»“. «ut.uz». 2016-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-avgust. Olympic.uz4.09.2021
  8. Поздравляем Жасура Байкузиева