Jav
Jav soʻzi fors-tojik tili leksikasi boʻlib, eski oʻzbek tiliga oʻtgan. Ammo u eski oʻzbek tiliga oʻzlashmagan. Faqat poeziyada qaytariqlardan qochish maqsadida boshqa tildagi nomini qoʻllash lozim koʻrilgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Bizning kuzatishimizcha, bu soʻz XIV-XV asrlarda koʻproq va kenyingi asrlarda, nihoyatda kam qoʻllangan. Alisher Navoiy asarlarida: Ki yuz mendek, tumon andoqqi Xisrav, Habo oʻlsa qazo olinda bir jav. (Farhod va Shirin, 568) tarzida keladi.
Eski tojik tilda
tahrirEski tojik tilida jav gʻallae, ki beshtar ba charpoyon medihand va az on non ham mepazand (FZT. P, 1969 , 763)
Hozirgi tillarda
tahrirHozirgi tojik tilida jav, fors tilida جو (djooʻ), kurd tilida ceh, „Turkiy tillar lugʻati“da جو yachmennoe zerno (Budagov, I ,1869. 443) koʻrinishlarida keladi.
Etimoni
tahrirBu soʻzning etimoni haqidagi maʼlumotlarni uchratmadik va uning etimoni toʻgʻrisida ham aniq koʻrsatkichlarga ega emasmiz. Biroq hozirgi oʻzbek tilida joʻxori soʻzi bilan jav — arpa soʻzlari oʻrtasida yaqinlik boʻlsa kerak.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. Don nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 42-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.