Javier Pérez de Cuéllar
Xavier Perez de Kuelyar de la Gerra (ispancha: Javier Pérez de Cuéllar y de la Guerra; 19-yanvar 1920, Lima, Peru — 6-mart 2020[1]) 1-yanvar 1982-yildan 31-dekabr 1991-yilgacha Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi boʻlgan[2].
Javier Pérez de Cuéllar talaffuzi: Xavier Perez de Kuelyar ispancha: Javier Pérez de Cuéllar y de la Guerra | |||
![]() | |||
| |||
---|---|---|---|
22-noyabr 2000-yildan — 28-iyul 2001-yilgacha | |||
Prezident: | Valentin Paniagua | ||
Oʻtmishdoshi: | Fedeico Salas | ||
Vorisi: | Roberto Daninio Sapata | ||
| |||
1-yanvar 1982-yildan — 31-dekabr 1991-yilgacha | |||
Oʻtmishdoshi: | Kurt Waldheim | ||
Vorisi: | Butros Butros-Gʻoliy | ||
Tavalludi: | 19-yanvar 1920-yil Lima, Peru | ||
Vafoti: | 6-mart 2020-yil (100 yoshda) Lima, Peru | ||
BiografiyasiTahrirlash
- 1940-yildan Peru xalqaro ishlar vazirligida xizmatda.
- 1944-yildan Peruning Fransiya, Birlashgan Qirollik, Boliviya va Braziliyadagi elchixonalarida ishlagan.
- 1964-yilda Peruning Shveytsariyadagi elchisi etib tayinlandi.
- 1969-1971 yillarda — Peruning Sovet Ittifoqi va Polshadagi elchisi.
- 1977-1979 yillarda — Peruning Venesueladagi elchisi.
- 1971-yildan 1982-yilgacha Peruning BMTdagi delegatsiyasi rahbari.
- 1982-yil 1-yanvardan BMT Bosh kotibi. Bu lavozimda ketma-ket 2 muddat muvaffaqiyatli ishladi.[3].
- 1995-yilda Peru prezidentlik saylovlarida 22 foiz ovoz bilan magʻlub boʻldi.
- 2000-yildan 2001-yilgacha — Peru bosh vaziri va ayni paytda tashqi ishlar vaziri.
- 2002-yildan 2004-yilgacha — Lotin Amerikasi kongressi raisi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ БМТнинг собиқ бош котиби Перес де Куэльяр 100 ёшида вафот этди.
- ↑ Biografiyasi
- ↑ Počasni građanin Grada Zagreba: 1945. - 1990. (SFR Jugoslavija) (hr). Официальный сайт Загреба. Asl nusxadan arxivlandi (2011-08-24). 2011-07-20.