Jonatan Adam Saunders Jey“ Barushel (ingl. Jonathan Adam Saunders „Jay“ Baruchel; 1982-yilning 9-aprelida, Kanada, Ottavada tugʻilgan) — kanadalik aktyor va musiqachi.

Biografiya va karyera

tahrir

Jey Barushel 1982-yilning 9-aprelida Ottava shahrining, Ontario provintsiyasida tugʻilgan. Uning otasi antikvar mollar doʻkonida ishlagan, onasi esa erkin jurnalistika bilan shugʻullangan. Internetda oʻzining maqolalarini chiqarib borgan. Suningdek, aktyorning 1987-yilda tugʻilgan singlisi ham bor. Jey 12 yoshida umumiy oʻqish jarayonida sanʼat maktabiga borib turardi. Uni tamomlagach aktyor boʻlishga qaror qiladi. „Zulmatdan qoʻrqasanmi?“va „Ona shahrim“ seriallaridagi epizod rollari, Jeyning kino olamidagi birinchi qadami boʻldi. U 1997-1998-yillarda „Bolalar uchun mashhur mehanika“ koʻrsatuvini olib boradi. Shundan soʻng „Eng yomon jodugar“, „Kim uyga egalik qiladi“, „Zulmatdan qoʻrqasanmi?“ (ushbu serialda u yana paydo boʻladi) serialida bir qancha epizod rollarni ijro etadi. 2000-yilda esa „Deyarli mashhur“ filmida Kameron Krous talqinin jonlantiradi. Aktyor uchun „Million dollar bolakay“ filmi katta oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Bu filmda u Morgan Frimen, Klint Istvud va Xillari Suonk kabi mashhur yulduzlar bilan rol ijro etadi. 2007-yilda esa „Biroz homilador“ va „Mening ismim Rid Fish“ filmlarida sur’atga tushadi. 2008-yilda u „Omadsiz askarlar“ komediyasida Ben Stiller bilan birgalikda ishtirok etadi. Keyinchalik 2009-yilda, Ben Stiller bilan „Muzeydagi tun 2“ filmida ham birga rol ijro etishadi. Hozirda dublyaj jarayonidagi „Drakonning vajoxati“ multfilmida va „Afsungar oʻquvchi“ filmidagi bosh roli bilan aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda.

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Roli Qaydlar
1999 Running Home Kid #2
1999 Who Gets the House? Jonathan
2000 Almost Famous Vic Munoz
2002 The Rules of Attraction Harry
2003 Nemesis Game Jeremy Curran
2004 Million Dollar Baby Danger Barch
2005 Fetching Cody Art Frankel
2007 Knocked Up Jay
2007 Jay and Seth vs. The Apocalypse Jay Short
2007 I'm Reed Fish Reed Fish
2007 Just Buried Oliver Whynacht
2008 Real Time Andy Hayes
2008 Tropic Thunder Kevin Sandusky
2008 Nick and Norah's Infinite Playlist Tal Hanson
2009 Fanboys Windows
2009 Night at the Museum: Battle of the Smithsonian Joey Motorola Cameo
2009 Edgar and Jane Short; also writer, producer and director
2010 She's Out of My League Kirk Kettner
2010 How to Train Your Dragon Hiccup (voice)
2010 The Trotsky Leon
2010 Afsungarning shogirdi Dave Stutler
2010 Good Neighbours Victor
2011 Goon Pat Also writer and producer
2012 Cosmopolis Shiner
2013 This Is the End Jay Baruchel Also executive producer
2013 The Art of the Steal Francie
2014 RoboCop Tom Pope
2014 How to Train Your Dragon 2 Hiccup (voice) Post-production
2014 Untitled Cameron Crowe project Post-production
2014 Don Peyote Post-production
2016 How To Train Your Dragon 3 Hiccup (Voice) „post-production“

Televideniyadagi faoliyati

tahrir
Yil Nomi Roli Qaydlar
1995, 1999-2000 Are You Afraid of the Dark? Joe / Alex / Ross Doyle / Jason Midas 4 episodes
1996 My Hometown Thomas Thompson 3 episodes
1997 Popular Mechanics for Kids Himself Episode: „Hollywood FX“
1998 The Worst Witch Bean Pole Episode: „The Great Outdoors“
2001-2002 Undeclared Steven Karp 17 episodes
2002 Matthew Blackheart: Monster Smasher Jimmy Fleming TV Movie
2004 The Stones Winston Stone 6 episodes
2005-2006 Just Legal Skip Ross 8 episodes
2006-2007 Numb3rs Oswald Kittner 2 episodes
2011 The Drunk and On Drugs Happy Fun Time Hour Private Prosciutto / Falcon 2 episodes
2012-present DreamWorks Dragons Hiccup (voice) 40 episodes
2012 Being Human Stu Episode: „When I Think About You I Shred Myself“