Jazoir ayollar chempionati
Jazoir ayollar chempionati (arabcha: البطولة الجزائرية للسيدات) Elite chempionati sifatida tanilgan, Jazoirdagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori pogʻonasidir. Jazoir ayollar chempionati Erkaklar futboli 1-Ligasining ayollar futbolidagi ekvivalenti, ammo professional emas. Jazoir ayollar chempionati Jazoir futbol federatsiyasi homiyligidagi Ligue du Football Feminin tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.
Davlat | Jazoir |
---|---|
Konfederatsiya | CAF |
Tashkil etilgan | 1998 |
Jamoalar soni | 16 |
Pastki liga | Regional Championships |
Ichki kuboklar | Algerian W-Cup |
Amaldagi chempion | Afak Relizane |
Eng koʻp marta chempion | Afak Relizane (10 marta) |
Tarixi
tahrir70-yillarda Jazoirda Tiaret sharida boʻlgani kabi koʻplab ayollar futbol klublari tashkil etilgan, ammo ular faqat oʻzaro oʻyinlar turnirida qatnashgan. 1990-yildan boshlab boshqa klublar paydo boʻla boshladi.
Birinchi Jazoir ayollar chempionati 1998—1999-yilgi mavsumda mintaqaviy ligalar formatida oʻtkazilgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Milliy Futbol Ligasi (LNF) homiyligida ikki diviziondan iborat milliy liga (1-Diviziya va 2-Diviziya) tashkil etildi. 2013-yilda Jazoir ayollar chempionatining boshqaruv organi boʻlgan Ligue du football féminin (LFF) tashkil etildi.
Ligue du football féminin 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab oʻz nomini Elite Championshipga oʻzgartirdi.
Formati
tahrirJazoir ayollar chempionatida jamoalar ikki davra boʻyicha mehmandagi (raqib jamoa stadionida) va uydagi (oʻz jamoasining stadionida) oʻyinlarni oʻynaydi. Mavsum odatda oktabr oyida boshlanadi va iyungacha davom etadi[1].Mavsum yakuniga ko`ra chempionni aniqlash qoidalaridaquyidagilar hisobga olinishi aytilgan: ochkolar, gʻalabalar soni, toʻplar farqi, urilgan gollar, mehmondagi gollar. Istisnolardan biri shundaki, Jazoir ayollar chempionatida agar birinchi oʻrin uchun ochkolar teng boʻlsa, tay-brek o`yini Jazoir ayollar chempionatida chempionini aniqlaydi[2].
Chempion jamolar roʻyxati
tahrirCempion jamolar va ikkinchi oʻrin olgan jamolar roʻyxati:[3]
Mavsum | Chempion jamoa | Ikkinchi oʻrin |
---|---|---|
1998-1999[4] | JS Kabylie | ASE Alger Centre |
1999-2000 | ASE Alger Centre | Afak Relizane |
2000-2001 | bekor qilingan | |
2001-2002 | JS Kabylie | Afak Relizane |
2002-2003 | ASE Alger Centre | Afak Relizane |
2003-2004 | ASE Alger Centre | Afak Relizane |
2004-2005 | ASE Alger Centre | AS Intissar Oran |
2005-2006 | ASE Alger Centre | COS Tiaret |
2006-2007 | ASE Alger Centre | JS Kabylie |
2007-2008 | ASE Alger Centre | Afak Relizane |
2008-2009 | ASE Alger Centre | Afak Relizane |
2009-2010 | Afak Relizane | ASE Alger Centre |
2010-2011[5] | Afak Relizane | ASE Alger Centre |
2011-2012[6] | Afak Relizane | CLT Belouizdad |
2012-2013[7] | Afak Relizane | ASE Alger Centre |
2013-2014[8] | Afak Relizane | ASE Alger Centre |
2014-2015[9] | Afak Relizane | AS Sûreté Nationale |
2015-2016 | Afak Relizane | FC Constantine |
2016-2017 | Afak Relizane | AS Sûreté Nationale |
2017-2018 | FC Constantine | AS Sûreté Nationale |
2018-2019 | AS Sûreté Nationale | Afak Relizane |
2019-2020 | JF Khroub | AS Sûreté Nationale |
2020-2021 | Afak Relizane | AS Sûreté Nationale |
2021-2022 | Afak Relizane | JF Khroub |
2022-2023 | - | - |
Chempion jamolar reytingi
tahrirReyting | Klub | Chempionlik | Ikkinchi oʻrin | Chempion boʻlgan mavsum(lar) | Ikkinchi oʻrin boʻlgan mavsum(lar) |
---|---|---|---|---|---|
1 | Afak Relizane | 10 | 7 | 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2021, 2022 | 2000, 2002, 2003, 2004, 2008, 2009, 2019 |
2 | ASE Alger Centre | 8 | 5 | 2000, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009 | 1999, 2010, 2011, 2013, 2014 |
3 | APDSF Tizi Ouzou | 2 | 1 | 1999, 2002 | 2007 |
4 | AS Sûreté Nationale | 1 | 5 | 2019 | 2015, 2017, 2018, 2020, 2021 |
5 | FC Constantine | 1 | 1 | 2018 | 2016 |
JF Khroub | 1 | 1 | 2020 | 2022 | |
7 | AS Intissar Oran | 0 | 1 | - | 2005 |
COTS Tiaret | 0 | 1 | - | 2006 | |
CLT Belouizdad | 0 | 1 | - | 2012 |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Preview 2011/12 season“ (fr). Algerian FA (18-iyun 2011-yil). 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2011-yil.
- ↑ „Chapter 10“, 2010/11 regulations (DOC) (ru), womenfootball.ru — 14–15-bet. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
- ↑ „Algeria (Women) - List of Champions“. RSSSF. Qaraldi: 9-iyul 2011-yil.
- ↑ Belahoucine, Lahcène. La Saga du football algérien (fr) — 274-bet. „Le premier champion d'Algérie a été la JSK en devançant de peu l'ASE en 98/99.“
- ↑ „Final standings 2010/11 season“ (fr) (12-iyun 2011-yil). Algerian FA. 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2011-yil.
- ↑ „Affak Relizane Algérian champion“ (fr). dzfoot.com. 2012-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-aprel 2012-yil.
- ↑ „Troisème titre consécutif pour Affak Relizane“ (fr). Algérie Presse Service (APS). Qaraldi: 4-may 2013-yil.
- ↑ „4e titre consécutif pour Affak Relizane“ (fr). Algérie Presse Service (APS). Qaraldi: 17-may 2014-yil.
- ↑ „5e titre consécutif pour Affak Relizane“ (fr). Algérie Presse Service (APS). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2015-yil.