Jean-François Champollion (talaffuzi: Jan-Fransua Shampolon) (1790-yil 23-dekabr — 1832-yil 9-mart) — fransuz misrshunosi, misrshunoslikning asoschisi. Rozett toshidagi 3 til: yunon, Misr iyeroglifi, misr yozuvining so‘nggi shakllaridan, tez yozuv deb atalgan qisqartma iyerogliflarda yozilgan yozuvni tadqiq qilib, qadimgi Misr iyeroglif yozuvini o‘qish uslubini yaratgan. Qadimgi Misr tili grammatikasining ilk muallifi. 1822-yilda Champollion Misr iyerogliflarini o‘qish yo‘lini topgan. 1799-yilda general Napoleon Bоnаpаrt Misrga qilgan yurish vaqtida topilgan Rozett toshiga yozilgan yozuv Misr yozuvlarini o‘qib chiqish uchun dastlabki asos bo‘lgan. Bu yozuvda Makedoniyadan chiqqan Ptolemey degan podsho tilga olingan. Ptolemey farmonlarini o‘z fuqarolari uchun 2 tilda chiqargan. Champollion bir qancha alomatlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Dastlab bu ish toshlardagi yozuvlarni o‘qib chiqarish bilan cheklangan. Keyinchalik papirusdagi tekstlarni o‘qib chiqarishga kirishilgan. Natijada tarixchilar misrliklarning mil. avv. 3500-yilgacha bo‘lgan hayoti, urf-odatini va diniy marosimlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Jean-François Champollion
Tavalludi 1790 yil 23-dekabr
Fijak, Fransiya Qirolligi
Vafoti 1832 yil 4 mart (41), Parij, iyul monarxiyasi.
Fuqaroligi Fransiya
Millati Fransuz
Sohasi Sharqshunos, misrshunos.
Turmush oʻrtogʻi Rozin Blank

Manbalar

tahrir
  • Ergashev Sh. — "Qadimgi sivilizatsiyalar " — Toshkent: „O‘zbekiston“ NMIU, 2016.
  • Boynazarov F. A. — „Qadimgi dunyo tarixi“ — T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
  • Kabirov A. — „Qadimgi dunyo tarixi“ — Toshkent: „Tafakkur“, 2016.

Adabiyotlar

tahrir
  • Bekmuhammadov H. Y. Tarix terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent, O‘qituvchi, 1986.
  • Boboyeva M. Q., Qurbongaliyeva R. S. Qadimgi dunyo tarixidan izohli lug‘at. Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
  • Qadimgi dunyo tarixi: (maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, abiturientlar va tarix fani o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha qo‘llanma).Tuzuvchi-mualliflar: F.Sultonov va boshq.; Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi FA Tarix instituti. -T.; Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti, 2007.